MЕNING ONAM UYG‘ONMADI..


Gulchehra SHAHOBILLIN qizi

MЕNING ONAM UYG‘ONMADI..

Ona Sizning boshingizga bahor keldi,
Qaldirg‘ochlar chug‘urlashib nahor keldi.
Qorlar erib tabiatga ohor keldi,
Mening esa yuragimga ozor keldi..

Bahor, deya cho‘qqilar ham bir to‘lg‘ondi,
Dala-dashtda neki bo‘lsa shu uyg‘ondi,
Ko‘ksim ichra olov yondi, alam yondi,
Yuragingiz yashamoqdan nechun tondi?

Qabringizda bosh ko‘tardi gulu maysa,
Sog‘inchlarning azobidan ko‘nglim paysa.
Koshki og‘riq yo pasaysa, yo kamaysa,
Hijronlari paykonidan otar nayza..

O‘riklar xam boshlariga soldi oqliq
Turnalarning bilganlari vaqti chog‘lik.
Qizg‘aldoqlar chayqaladi bag‘ri dog‘lik,
Dilginamni tark etmadi dilsiyohlik..

Cho‘l-biyobon, qir uyg‘ondi, tog‘ uyg‘ondi,
Novdalari kurtak ochib bog‘ chulg‘andi,
Sizni topmay ohlarimga "oh" ulandi,
Moh uyalib bulut ichra yog‘dulandi..

Ko‘klamoydan chiroyligim uyg‘onmadi,
Lola yondi otash bo‘lib ul yonmadi,
Tuprog‘ini aziz bildi, yo tonmadi,
Atirgulim Onam mening uyg‘onmadi. !

Butun borliq to‘lg‘onsa ham to‘lg‘onmadi,
Benazirim bir chechakcha chulg‘anmadi,
Ko‘z yumdi-yu, shu tuproqni tavob aylab,
Uyg‘onmadi, Onajonim uyg‘onmadi,

O‘lim - haq deb tan oldi-yu, yo tonmadi,
Borliq ichra bir qolmadi uyg‘onmagan,
MЕNING ONAM UYG‘ONMADI, UYG‘ONMADI..!!










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:


Маълумот