Izhor


Lug‘atimda ko‘p
so‘zlar yo‘q azaldan,
Borlari ham "edi" bilan tugardi. 
Sen sollanib oydek to‘lgan mahaldan
Bu lug‘atning shamoyili o‘zgardi. 

Qay go‘shadan uchib kelding, beozor, 
Nafasingda, nazaringda oy isi. 
U yoqlarda aslo
 yo‘qmi dilozor, 
Ey, ishqimning
 nozli hotamtoyisi. 

Qaysi gulning atrin ichib o‘sding sen, 
Buncha sening xayollaring muattar. 
Chaqmoq bo‘lib 
bir kun  yo‘lim to‘sding sen, 
Endi har kun chaqin ko‘nglim uyg‘otar. 
Qabog‘ingda "ishq" so‘zidan bir jilo,
Uni ko‘rgan basir ko‘zlar ochilar.

Ayt,qalbimni nechun 
   etding istilo,
Endi sirlar yulduz bo‘lib sochilar.
Sen-kamalak, 
yetti rangda davoting,
Sen-kapalak, jonim ichra qanoting,
So‘ra, "Mensiz qanday o‘tdi hayoting?!" -
Hayotmi u?Aytolmadim bayotim.

Mijgonimda gar yosh ko‘rsang qo‘yaver,
Ko‘zim bergan 
zakotim u, shukronam.
Havzi Kavsar ovozisan men uchun,
Jannatlardan taralgan ul taronam.

Sen-o‘shasan, Xudo menga bildirgan,
Arazlagan ilhomimni keltirgan,
Sen g‘aniysan,
yo‘qlarimni 
 yo‘ndirgan,
Buyuk so‘zsan-lug‘atimni to‘ldirgan...
Qay go‘shadan
uchib kelding, beozor,
Nafasingda, nazaringda oy isi...

Gulandom Tog‘ayeva.










O‘TINCH
ONAJONIMGA XAT...
QISHLOQDAN  MAKTUB
Hech kim bilmas sir
NIMA DЕYMIZ...
Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:


Маълумот