MAG‘RUR KO‘NGIL SALTANATI


Marusa HOSILOVA

MAG‘RUR KO‘NGIL SALTANATI

Ishqqa kafan yo‘q... 

Ishq Osmon, ishq Zamin,
Ishqqa makon yo‘q.
Ishq bahor, ishq xazon,
Ishqqa mezon yo‘q.

Goh ko‘ngil poyida xoru sargardon-
Ishqqa  Vatan yo‘q.
Ishq o‘lsa dafn yo‘q,
Ishqqa kafan yo‘q!

Ey, ko‘nglimni topgan odamlar...

Ilohiy dil va yo  gulmisiz?
Qalbga nur yog‘ilar eslasam...
Tog‘lar kabi suyandim Sizga...
Ey, ko‘nglimni  topgan odamlar.
Xayolimni o‘pgan odamlar.

Qarzim yo‘qdir O‘zidan boshqa,
Boyligim yo‘q So‘zimdan boshqa,
Mag‘rurligim, bo‘zimdan boshqa...
Xazonim yo‘q o‘limdan boshqa.
Meni  gul deb uzgan odamlar.

Ozorim yo‘q dilimdan boshqa,
Mozorim yo‘q,  yo‘limdan boshqa,
Tiz cho‘kaman  g‘animdan boshqa,
Yuragimni sotgan odamlar...
Meni o‘qsiz otgan odamlar...
Oh! Ko‘nglimdan ketgan odamlar!
Eh, O‘zidan topgan odamlar...
     
Diling yetmas... 

Bir mamlakat - bir saltanat bor, 
Mag‘rur ko‘nglim xaritasida. 
Diling yetmas,  yo‘ling yetsa ham... 
Bu davlatning ostonasiga...

PUSHAYMON...

Tilanchi  emasdim,
Ammo...
Sizdan   mehr tilandim...
Nega?!
Xato qildim!
Afsus...
Ollohdan so‘rasam bo‘lardi-ku..










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:


Маълумот