QISHLOQDAN MAKTUB


     Assalomu-alaykum aziz ustoz men o‘quvchingiz Saodatoy Oripova sizga qishloqdan maktub yo‘llayapman. Sababi, men kanikulni qishloqda buvijonimni yonida o‘tkazish uchun keldim. Maktabni tamomlaganimizga hali o‘n kun bo‘lmadi lekin men sizni, maktabni, sinfdoshlarimni sog‘indim.  
  Oyim doim – qachon katta bo‘lasiz, bolam, derdi. Chunki, bog‘chaga borganimda o‘zimni doim kichiklardek sezardim, oyimga, adamga erkalanardim, juda tez arazlardim, aytganimni so‘zsiz bajarishlarini xohlardim. 
  Mana maktab yoshiga yetib hatto yetti yarim yoshdan oshib, juda intiqib kutib maktabga bordim. Bildimki, men endi katta qiz bo‘lib qoldim, erkaliklarim maktabda o‘tmaydi. Bu yer bog‘chamdan ancha katta, xashamdor, o‘quvchilar ham juda ko‘p va u aka-opalar doim shoshib yurisharkan. Ustozlar ham mehribon, boshimizni silab, kulib salomimizga alik olarkanlar. 
Ustoz siz maktabda ilk kunlardanoq meni chiroyli tabassum bilan kutib oldingiz. Rosti, avvaliga ancha qo‘rqqandim, qanday ko‘nikib ketaman, o‘qish, yozishni bilmasam ustoz urishsa-chi, sinfdoshlarim bilan qanday tanishaman, erkaliklarimni qilolmasam-chi, degandim. Lekin o‘ylaganlarim xato bo‘lib chiqdi, siz qo‘limdan tutib yozishni o‘rgatdingiz, matematkadan barmoqlarimda qo‘shish va ayrishni tushuntirdingiz. Alifbedan saboq berdingiz, xarflarni birma-bir, erinmay tanitdingiz. Keyin bilsam siz ham oyimdek mehribon ekansiz.
  Maktab menga yoqib qoldi, ko‘pgina dugonalar topdim, sinfdoshlarim bilan juda tez chiqishib ketdim. Men Ra'no, Dilnura, Madina, Mubina, Soliha, yana bitta Solihalar bilan yaqin dugona bo‘ldim. Aziz degan bola bilan bir partada o‘tirdim u juda yaxshi bola lekin ko‘p gapiradi-da. Yana Muhammad va Mustafo ismli egizak sinfdoshlarim ham bor, ular bilan ham do‘st bo‘ldim.
  Ustoz o‘qish davomida menga sinfdoshlarimiz bilan “Botanika” bog‘iga, “Qovoqlar” muzeyiga borganimiz judayam yoqdi, o‘shanda mazza qilgandik. Bir yil davomida nechchi marta bayram tadbirlari o‘tkazdigu, ularni hammasiga zo‘r tayyorgarliklar ko‘rdik, raqslar o‘rgandik, qo‘shiqlar, she'rlar yodladik. Maktab sahnasida o‘zimizni kattalardek tutib ustozlar va ota-onalarimizga namoyish qilib berdik. Menga hammasidan ham yoqqani “Savodxonlik bayrami”miz bo‘ldi. Bu tadbir boshqalariga sira o‘xshamadi, men bu tadbirda “T” va “G‘” harflari bo‘ldim. Raqsga ham tushdim, tadbirga ertak qahramonlari mehmonga keldi. Qorbobo va qorqiz tashrif buyurdi, sovg‘alar oldik. 
  Shunday qilib, 1-sinfni qanday tamom bo‘lganini ham sezmay qoldik. Menga maktab yoqib, unga o‘rganib qolganimda afsus tugab qoldi-da. Mana endi sog‘inyapman, ayniqsa ustoz sizni sog‘inyapman. Bergan topshiriqlaringiz yodimda, shashka va shaxmat o‘yinlarini akalarimdan o‘rganyapman. Oyim menga juda ko‘p ertaklar o‘qib bergan, endi buvim yangi ertaklar aytib bermoqchi. Ingliz tilini ham o‘rganishni davom ettiryapman. Endi men 2-sinf bo‘ldim va ulg‘ayganimni albatta his qilyapman ham. Eh-he, maktab qachon boshlanarkin, yana dugonalarim bilan mazza qilib o‘ynardik. 
  Ustoz, sizni sog‘inib o‘quvchi qizingiz Saodatoy! 
   
  Toshkent shahar Yunusobod tumani 17-sonli IDUM 3 "A" sinf o'quvchisi Saodatoy Oripovaning maktubini oyisi oqqa ko'chirdi.










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:



Маълумот