Özbek alifbosini takomillaştiriş — muhim qadam
Özbek tili xalqimizning köp asrlik madaniy-ma’rifiy merosi, ilmiy va badiiy tafakkurini özida mujassam etgan bebaho boyligimizdir.
Keyingi yillarda Prezidentimiz rahbarligida ona tilimizning davlat tili sifatidagi nufuzini oşiriş, uning qöllaniş doirasini kengaytiriş borasida muhim islohotlar amalga oşirilmoqda.
21 oktyabr — Özbek tili bayrami kuni munosabati bilan davlatimiz rahbari yöllagan tabrikda ham ona tilimizni asrab-avaylaş, uni ilm-fan va zamonaviy texnologiyalar tili sifatida rivojlantiriş muhim vazifa ekani ta’kidlandi.
Şu nuqtai nazardan, 21 oktyabr kuni imzolangan özbek alifbosini takomillaştirişga qaratilgan Qonun muhim ahamiyatga ega. Uşbu hujjat alifboni zamonaviy axborot texnologiyalari talablariga moslaştiriş, özbek tilining raqamli muhitdagi imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qiladi.
Takomillaştirilgan alifbo, avvalo, amaldagi yozuvdagi ayrim texnik muammolarni bartaraf etiş, matnlarni elektron qayta işlaşni osonlaştiriş va özbek tilini raqamlaştiriş uçun qulay şaroit yaratadi.
Şuningdek, sun’iy intellekt asosidagi til modellarini rivojlantiriş, raqamli resurslarni köpaytiriş va xalqaro standartlarga moslaşiş imkoniyatlarini kengaytiradi. Bu esa imlo qoidalarini takomillaştiriş va yozuvda yagona standartni ta’minlaş uçun ham muhim asos böladi.
Yangi alifboga ötiş jarayonida ortiqça taşkiliy va moliyaviy xarajatlarning oldini oliş ham e’tibordan çetda qolmagan. Qonunda avval rasmiylaştirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlarning amal qilişi saqlanişi, davlat organlari va taşkilotlarining ramziy belgilari, peşlavhalari hamda boşqa atributlaridan belgilangan muddatgaça foydalaniş tartibi nazarda tutilgan.
Bu yondaşuv mavjud hujjatlar va moddiy vositalarni bir vaqtning özida almaştiriş zaruratini bartaraf etib, yangi alifboga bosqiçma-bosqiç va tizimli ötişga zamin yaratadi.
Sardor Hamroyev — Özbekiston “Adolat” SDP Markaziy apparati Yangi taşabbuslar va loyihalar markazi bölim boşliği.