IZHOR
Munavvara USMONOVA
IZHOR
Birida bolangman, birda bolamsan,
Gohida allayu gohi alamsan.
Otamday sog‘inib, bolamday suyib,
Kunimga kuyganim, munis onamsan,
Har lahza keragim – korimsan, Vatan!
Qulamas devorsan – otam tiklagan,
Tugamas duosan onam tilagan.
Tebratgan beshigim, yotgan beshigim,
Sen nursan, jonimni o‘tga o‘ragan.
Sog‘ingan mehrobim – to‘rimsan, Vatan!
Ajdodlardan meros mukarram tuproq,
Yaxshilar yo‘lida so‘nmagan chiroq,
Ko‘rkli, ko‘kingdagi lochin bolangman,
Yo‘lagan quzg‘unga solaman titroq,
Yuksak cho‘qqidagi qorimsan, Vatan!
Seni beshik dedim, men bedor dedim,
Suyagan tog‘ dedim, mardga or dedim.
Kaftimda cho‘g‘ tutib hayqirgum bugun,
Bo‘lsa senday makon bitta bor dedim.
Jannatim, iymonim – borimsan, Vatan!