JAYDARI TASAVVUR


Qo‘chqor NORQOBIL


JAYDARI TASAVVUR

Samolyotlar adashdi yo‘ldan,
To‘xtab qoldi poyezdlar birdan...
Bu dunyoni zulumot quchdi,
Bor yo‘g‘i — chiroq o‘chdi.

Idorada toshday qotdi ish,
Kompyuter jim... hamma faromush...
Boshliq hayron og‘zini ochdi,
Bor yo‘g‘i — chiroq o‘chdi.

Qo‘rqib ketdik — ayon dardimiz,
Biz chirog‘ga qulmiz, bandimiz...
Go‘yo olam yo‘qlikka uchdi, 
Bor yo‘g‘i — chiroq o‘chdi.

Qayda qoldi ko‘ngildagi nur?
Qalbingni ko‘r! Nahot qalb ham ko‘r?!
Qachon dilga zimiston ko‘chdi?
Bor yo‘g‘i — chiroq o‘chdi. 

Taraqqiyot goho tasqara,
Na’ra tortar — qilar masxara
Yeru osmon joyidan ko‘chdi, 
Bor yo‘g‘i — chiroq o‘chdi.

Adashtirar seni bu olam,
O‘zingda nur bo‘lmasa odam.
Shu on dildan ko‘p o‘ylar kechdi...
Bor yo‘g‘i — chiroq o‘chdi.










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:


Маълумот