Xotin emas, xonim


Malika TAVFIQ (SALIMOVA) she’ri. 

Malohat MIRZOMUHAMMAD qizi ijrosida.



Ey, erkaklar!
Xotiningizni,
Xotin emas, XONIM deb ayting.
Ichingizda mardlari bo‘lsa,
SUYUKLIGIM, YORIM deb ayting.

Xotin demang, JONIM deb ayting,
Jonin sizga fido qilgan-ku!
Bitta bo‘sa qo‘ngan yuzidan,
Ming yil keta olmaydi kulgu.

Xotin demang, sovuq bu kalom,
Hech bo‘lmasa AYOLIM denglar.
Yolg‘ondakam, bir yilda bir bor,
Senda fikru xayolim denglar.

Xotin deya alqamang zinhor,
Ja bo‘lmasa ayting ismini.
Yigirma besh yilda bo‘lsa ham,
Bir bor maqtab qo‘ying husnini!

ONASI deng, ONAJONISI,
Ming o‘rgilsin mehriboningiz.
Uning shodon kulgularidan,
Nurga to‘lsin xonadoningiz.

GULIM denglar, FARISHTAM denglar,
Ayting, sizdan nima ketadi,
Axir biiiitta shirin so‘zingiz,
Ming yil yashashiga yetadi.

Xotin, deysiz, hoy, deysiz goho,
MOHIM, OYIM desa bo‘lmasmi?!
Bitta so‘zdan, birgina so‘zdan,
Yarimgina ko‘ngli to‘lmasmi?!

Ranjitsalar gohida bilmay,
Qancha bo‘lsa baqirib to‘ying.
Lekin yoshi qirqdan oshsa ham,
YAXSHI QIZ! - deb chaqirib qo‘ying!










O‘TINCH
ONAJONIMGA XAT...
Jentlmen er
NIMA DЕYMIZ...
NASIHAT
Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:


Маълумот