NASIHAT



("Kulgu mushoiralari"dan)

Qo‘lni ishga mohir etma,
Tilni gapga usta qil,
Ishni bir qilgan joyingda
Gapni albat yuzta qil.

Boshlig‘ing oldida topmoq
Istasang sen e’tibor,
Qomating yuz turli bukkin,
So‘zni ham ming tusda qil.

Jilmayib tur yonida, hech
Ochma tanqidga og‘iz,
Taklifing bo‘lsa o‘ziga
Astayu ohista qil.

Tur desa tur, yot desa yot,
Chiqma zinhor izmidan.
Hech fikr qilma o‘zingcha,
Qilma bir ish mustaqil.

Boshlig‘ing ko‘nglini bil sen,
Ketma pinjidan nari,
Paytini topsang mabodo,
Birga yuzta-yuzta qil.

Bil, senga bu besh nasihat,
Eng asosiy qoida:
Qo‘lni ishga mohir etma,
Tilni gapga usta qil.


     ✍ Erkin Vohidov - O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri, 1968 yil.










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:



Маълумот