Jentlmen er


PARASHYUT

    Bir yigit harbiy xizmatga boribdi. Ittifoqo, harbiy mashqlar samolyotda parashyutdan sakrash ekan. Bir askar parashyutdan sakrashga qo‘rqib turganmish. Sardor: "Sakra", - desa, askar: "Sardor, tushimga o‘lgan momom kirgandi. "Parashyutdan sakrasang, ochilmay qoladi",  degandi. Shunga qo‘rqayapman tushim o‘ngidan kelib qolsa-ya, deb", - debdi bahona izlab. Sardorning jahli chiqib ketibdi: - E, tushingdan o‘rgildim. Odam tushga, irim-sirimga ishonmasligi kerak. Mana, meni parashyutimni ol, o‘zingnikini menga ber. Endi sakra!                           Askar noiloj parashyutdan sakrabdi va yerga yaqinlashgach xalqani tortibdi, parashyut ochilibdi. "Ishqilib, yerga eson-omon qo‘nib olay" deb yurak hovuchlab tursa, tepadan bir narsa "shuvvv" etib tushayotganmish. Qarasa, sardor: "He, tushingga kirgan momongni... oldiga ketayapmaaaaan", -degancha yerga qulabdi!

       "Bashoratchi" xotin
     
Oshxonada nimadir taraqlab, chil-chil singan 
tovushdan ertalab uyg‘onib ketgan er xotinidan so‘rabdi:
- Xotin, nima bo‘ldi?
- Dadasi, men kelajakni ko‘ra olish qobiliyatiga ega bo‘ldim!
- Kelajakda nima bo‘larkan, xo‘sh?
- Yangi choynak sotib olarkanmiz!

Jentlmen er

     Er hamisha xotini mashinadan tushayotganda, mashinaning u tarafdagi eshigini ocharkan va ayolning barcha dugonalari-yu tanishlari unga havas hamda hasad bilan boqisharkan. Ayolning erini haqiqiy jentelmen deb hisoblasharkan. Ammo faqat xotingina aslida mashinaning eshigini ochadigan dastak ichidan singani sababli, er eshikni tashqaridan ochishga majbur bo‘lishini bilarkan...


***    

     Xotinjon, meni kechir. Senga ko‘p azob berdim. Mendan rozi bo‘l.
   Xotin:
— Roziman dadasi, roziman!
   Er:
— Ayniqsa, bir voqeani senga aytmasam bo‘lmaydi. Qo‘shnimiz Oysanam bor-ku? O‘sha bilan yurardim — desa,
Xotini:
— Bilaman dadasi, bilaman! Shuning uchun ham sizga zahar berdim-da — dermish.










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:


Маълумот