KЕCHIR


Mana endi, hamma, hammasi tamom...
Kechir hayotinga kirganim uchun...
Yurak torlaringni chertib nogahon,
Kechir, eplolmadim, negadir, nechun...

Yetim qolgan telba muhabbat uchun,
Berilmagan mehr, harorat uchun.
Bedor o‘tgan tunlar azobi uchun, 
Oxiri yo‘q orzular uchun... kechir...

Ishonibman qanchadan qancha, riyo,
Yolg‘onlarning domiga tushib,
Qirg‘oqqa ishongan to‘lqindek go‘yo,
Bir  lahza yalt etgan baxt uchun, kechir...

Go‘zal  tuyg‘ularim sehrgar misol,
Qalbim zabt etdilar, qo‘rqmasdan, ishon...
Bizni orzularga chorlagan so‘qmoq,
Bizni adashtirdi afsuski, beshon.

Yilt etgan nur  bo‘lib, kirib kelding sen,
Qalbim torlarini chertding banogoh.
Va seni bir bora ko‘rmay sevgan men,
Yuragimni chil-chil qilding-ku e, voh!
Xayoliy sevgilim, kechirgin, kechir ...

Mahbuba SOQIYEVA she’ri.
Muzaffar MUHAMMADNAZAR o‘qidi.










BIR KUNI...
O‘TINCH
YAXSHI INSON
Jentlmen er
Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:



Маълумот