Chin sevgi so‘nmas


Sevish bu – to‘rt fasl titrab turgan jon,
 Iztiroblar ichra yashab sevinish.
 Allohdan berilgan ulug‘ bir in’om,
 Robbim nazariga tushmoq sevilish.

 Sevish ko‘ksingdagi qushga ishonib, 
 Osmonga uchishga shaylanmoq, demak.
 Sevilish – charaqlab yulduzday yonib,
 Eng go‘zal ayolga aylanmoq, demak.

 Sevish bu– botirlik, istasa yoring,
 Umri  azizingni tikmoqlik dovga.
 Sevilish – jasorat, dilda sharafing,
 Tanho qarshi chiqmoq bir qo‘shin yovga

  Begim, chidaymiz-da, ziyod, kamiga.
  Ishqni tashvishlarga alishib bo‘lmas.
  Tushsak birga tushdik hayot domiga,
  Aslida chin sevgi yuz yilda so‘nmas.

Munavvara USMONOVA










Nazokatu nafosat
O‘TINCH
BIR KUNI...
HIKMATLAR
Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:



Маълумот