Men o‘lsam ham yashaydi sevgi


Adiba UMIROVA 

Va sen ketding. Yutqazganing yo‘q,
Tun qo‘ynida qayg‘urdim bekor.
O, farishtam, sezmading, nahot,
Tushunmading qalbimni bir bor.

Yuragimga sig‘mas jannat ham,
Jahannamga bo‘lsam ham tortiq,
Na bu dunyo, na u dunyoda
Oqlamasman o‘zimni ortiq.

Istamayman, eslashni aslo
Eslash kerak?.. Nimaga? Aytgil?
Sevgi  -- yoshlik ruhim qush kabi
Uchib ketdi bog‘ingdan butkul.

Unutaman -- umrimdan toki
Qabrimgacha ergashgan betin,
Sevgimizdan qolgan yodgorlik  --
Mish-mishlaru g‘iybatlarni chin!

Xohlamaysan sen ham, bilaman,
Ko‘ngling boshqa, hayoting boshqa.
Men o‘lsam ham yashaydi sevgi,
Xayr, mening sevgilim, yasha!..










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:


Маълумот