HIKMATLAR


- Mehr ko‘zdagina emas, qalbda ham bo‘lsagina, u hech qachon so‘nmaydi. 
- Mehrni ham parvarishlash darkor, chunki u sizga shodlik bag‘ishlaydi. 
- Mehribon bo‘lish osonmi, mehrsizmi, menimcha xar ikkalasi ham o‘zingizga bog‘liq. 
- Mehr sotiladimi, olinadimi, har ikkalasi ham o‘zingizga bog‘liq. 
- Xiyonatni kechirish mumkinmi? Ha mumkin, faqat u qabrgacha siz bilan birga boradi. 
- Vatanni sevmoq imondandir, sevmaslik-chi? Imonsizlikdandir. 
- Vatansizlik, gadoy bo‘lishdan ham battardir. 
- Ko‘ngilning davosi ham, og‘rig‘ini ham - faqat o‘zing davolaysan: agar uzoq umr ko‘rishni istasang. 
- Go‘zallik dunyoni qutqaradi, chirkinlik dunyoni loyqalatadi. 
- Bizga sevish ham, sevilish ham Ollohdandir, demak, oldin Ollohni, keyin o‘zgani seving, chunki Olloh sizni asraydi. 
- Sevgida extiyot bo‘ling, chunki sizni u parchalaydi. 
- Bolam aziz, ammo uning tarbiyasi-chi, undan-da aziz. 
- Bolangizni huda-behudaga erkalatmang, chunki u sizdan foydalanadi. 
- Bolangizga ishoning - sizga u ishonishi uchun. 
- Hech qachon turmush o‘rtog‘ingizni aldamang, siz uni aldashingiz mumkin, ammo Ollohni alday olmaysiz, uning o‘zi xakamdir. 
- Bilmagan inson haqida yomon fikrga bormang, bu katta xatodir. 
- Birovga tosh otmang - og‘irlik yuki, qo‘lingizda qoladi. 
- Kimni kechirish mumkin? Hammani, chunki sizni ham hamma kechiradi. 
- Sevgi nima o‘zi? Hissiyetmi, aqlmi? Har ikkalasi ham. 
- Kimni sevish mumkin? Sizni qadrlaganni. 
- Dunyoda eng katta mulk - odamiylik, yaxshilik, mehribonlik mulki deb bilaman. 
- Eng katta zarba - bir umr sevgan odamingning xiyonatidir. 
- Yashash osonmi, kurash osonmi? Ikkalasi ham oson emas! 
- Farzanding o‘g‘ilmi, qizmi, avvalo odam bo‘lsin. 
- Do‘st bo‘lish osonmi, dushman? Har ikkalasi ham o‘zingga bog‘liq. 
- Bu dunyoda mol-mulk yig‘ma, baribir uni olib keta olmaysan. 
- Do‘stman deb avraydi - dushman deb aldaydi. 
- Mehr olishni istasang - mehr ber. 
- Qanday yashash o‘z qo‘lingda, faqat qo‘lingni toza tut. 
- Oilangni o‘zing asra - o‘zgadan sir saqla. 
- Xotining xaqida ko‘chada gapirma, chunki sen qo‘chadan kelasan. 
- Oilang sening xazinang - uni yo‘qotdingmi, oilang ham yo‘qoladi. 
- Er bermoq - jon bermoq bo‘lsa, xotin bermoq - nomus bermoqdir! 
- Hamisha xatoni o‘zingdan izla, uning yechimini tez topasan. 
- Ilm izlaki - ilmsizga talim ber. 
- Ilm katta xazina- ilmsizlik boshi berk ko‘chadir. 
- Ayol oilaning manaviy qudratidir, erkak esa manaviy boyligi. 
- Do‘sting bor, g‘aming yo‘q. Do‘sting yo‘q, g‘aming ko‘p. 
- O‘z ona tilingni asraki - boshqa til o‘rnini egallamasin.
- Ona tiling bilan boysan, o‘zga til bilan begonasan. 
- O‘z ona tilingni himoya qilki, o‘zgalar seni himoyaga olsin.
- Sen qachon boysan - qachonki mehring boy bo‘lsa. 
- Ayolning buyukligi - boy fazilatga ega bo‘lishidir. 
- Eng baxtli ayol- ibosini bezagan ayoldir. 
- Eng kuchli ayol - nafsini tiya olgan ayoldir. 
- Mard erkak hech qachon oilasiga xiyonat qilmaydi. 
- Unutmang: o‘g‘il ota izini, qiz ona izini davomchisidir. 
- Ota-onangni qadrlaki - toki farzandlaring ham seni qadrlasin. 
- Unutmangki, qadrdonlar, bu dunyoda, hammamiz mehmonmiz. 
- Ko‘ngilni og‘ritmoq, dilga yara tugmoqdir. 
- Yaxshilik ham , yomonlik ham qo‘lingizdadir, tanlov o‘zingizdadir. 
- Jannatni ham, jahannamni ham o‘zingiz yaratasiz, tanlov o‘zingizdadir.

   Jamila Shermuhamedova - Respublika Manaviyat va marifat markazi eksperti, “Marifat” targ‘ibotchilar jamiyati azosi. Faylasuf, siyosatshunos, oilashunos, gerderolog, tadqiqotchi olima.










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:


Маълумот