ONA NASIHATI...


Oliy toifali suxandon va aktrisa - Mavludaxonim Ahmedova ijrosida o‘qilgan monolog.

      O‘g‘ilginam, bir kun kelib mening keksayganimni, harakatlarimning esa mantiqiy bo‘lmaganini ko‘rasan.
     Iltimos, o‘sha paytda menga biroz bo‘lsa-da vaqtingni ajrat va sabrli bo‘l! Balki qo‘llarim titrab, yeyayotgan ovqatim ko‘ksimga tushar, madorim qolmagani bois kiyimlarimni kiya olmasman...
    O‘sha lahzalarda sen bilan birga o‘tkazgan uzoq yillarimizni esla. Axir bugun senga o‘rgatgan ishlarimni o‘shanda o‘zim qila olmay qolarman!
    O‘g‘ilginam, agar qarigan paytimda hozirgidek orasta va xushbo‘y bo‘la olmasam, meni malomat qilma! Aksincha, seni ozoda va xushbo‘y qilish uchun qilgan jonkuyarligimni esla!
    Agar sizning avlodingiz qilayotgan ishlarni bilmasam yoki tushuna olmasam ustimdan kulma! Bil’aks, senga adab va ta’lim bergan mendek mushtipar onangga zamonangiz zaylini: nima qilish keragu, nimani qilmaslikni tushuntir!
    Esarligim, sen bilan suhbatlashar ekanman, ohista gapirishim va fikrlarimni malol olma! Chunki suhbatlashish bahona sening yonimda turishing, men uchun katta baxt!
    Agar charchagan oyoqlarimning madori qolmay yura olmasam, mendan shafqatingni ayama Chunki, sen «toy–toy» yura boshlagan paytingda qo‘lingdan ko‘p ushlaganman...
    Keksayganimda qo‘limni ushlashdan uyalma! Chunki ertaga sen ham qo‘lingdan ushlaydigan odamni axtarib qolasan! U kunlarimda men sen kabi yashash uchun intilayotgan yosh emas, o‘limini kutayotgan bechora kampir bo‘laman!
     Yonimda yordamchi bo‘l, menga ozor berma! Agar xato va kamchiliklarimni tilga olmoqchi bo‘lsang, unutma, ularni senga manfaat keltiray degan chog‘imda qilganman!
     Keksayganimda sen qiladigan eng fazilatli ish – xatolarimni kechirib, pardalashingdir!
     Alloh gunohlaringni boshqalarning ko‘zlaridan pardalab, mag‘firat qilsin!
    Sening kulgu va tabassumlaring bolalik chog‘ingdagidek meni quvontiradi. Shuning uchun suhbatingdan meni mahrum etma!
     Sen dunyoga kelgan paytingda yoningda edim, o‘layotgan paytimda yonimda bo‘l!..










NASIHAT
Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:



Маълумот