SHOIRLAR HAYOTI


Abdulla ORIPOV

SHOIRLAR HAYOTI
(Hazil)

Shoirlar surati turibdi qator,
Mana bu — Lermontov, mana bu — Furqat.
Dunyoga sig‘magan buyuklar nochor
Bugun ramkalardan boqishar faqat.
Nima ham qilardi bir jonsiz bo‘yoq,
Parchalab tashlardi tirik bo‘lganda.
Shoirlar hayoti hamisha shundoq,
Ramkaga tushadi faqat... o‘lganda.

1966 yil.
✍️ Abdulla Oripov










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:


Маълумот