“Ulug'imsan, Vatanim” nomli mushoira kechasi


    O'zbekiston Milliy kutubxonasida III Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Bir adib haqida suhbat” rukni ostida “Ulug'imsan, Vatanim” nomli mushoira kechasi bo'lib o'tdi. O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbir O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludiga bag'ishlandi. Kechada O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zolari, O'zbekiston San'at va madaniyat instituti professor-o'qituvchilari hamda talabalar, Toshkent Davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti o'qituvchi va talabalari, Muhammad Yusufning oilasi, shoirning qizlari hamda shoirning yosh ijodkor shogirdlari ishtirok etdilar. 
   Tadbir ishtirokchilarini qutlar ekan, O‘zbekiston Milliy kutubxonasining direktori o‘rinbosari N.Xoldorova ayni damda respublikamiz kutuxonalarida bo‘lib o‘tayotgan III Respublika “Kitobxonlik haftaligi”, uning maqsadi va mohiyati bilan yig‘ilganlarni tanishtirdi. “Aynan bugungi tadbirimizning “Kitobxonlik haftaligi”da o‘tkazilishidan maqsad yosh avlodni mutolaaga oshno qilish barobarida yurtimizning O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf kabi buyuk adiblarining hayotiy yo‘li, ijodi, asarlari bilan tanishtirish va kelajak avlodga yetkazishda iborat”, - dedi u. 
   Tadbirda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Shuhrat Orif, filologiya fanlari doktori, professor Adhambek Alimbekov, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, filologiya fanlari doktori, professor Ma’rufjon Yo‘ldoshev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Shukur Qurbon, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Chorsha’m Ro‘ziyev, kinorejissyor, ssenarist, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan Madaniyat xodimi Ayub Shahobiddinov, O‘zbekiston davlat sanat va madaniyat instituti kafedrasi mudiri, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor Iqbol Meliqo‘ziyev, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi va tarjimon Ma’suma Axmedova, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Yoshlar bo’limi mutaxassisi Nargiza Asadova, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Nazira As-Salom hamda shoirning farzandlari so‘zga chiqdilar. 
    So‘zga chiqqanlar Muhammad Yusufning dastlabki ijodi, respublika matbuotida chop etilgan she'r, ocherk va maqolalari, uning yosh shoir sifatida o‘zbek she'riyatining yorqin namoyandalari Erkin Vohidov va Abdulla Oripovlar bilan yaqin adabiy aloqalarda bo‘lganligi, she'riyat dunyosiga qadam qo‘yayotgan yosh ijodkorlarga ko‘rsatgan ko‘magi haqida xotirladilar. 
   Tadbir doirasida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston, jonim to‘shay soyangga” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi. Ko‘rgazmada shoirning turli yillarda chop etilgan kitoblari, she'riy to‘plamlari, zamondoshlari va hamkasblarining xotiralari, gazetalar va jurnallardan maqolalar o‘rin olgan.










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:


Маълумот