O‘ZBЕKISTON


O‘zbekiston — ona, onajon! 
Ona sandig‘ingda qonli ko‘ylak bor, 
Qirq birinchi yilda teshib o‘tgan o‘q 
Ona, ko‘kragingda olov yurak bor, 
Qahraton, ayozda muzlagani yo‘q.
Tonglaring taniydi shodmon xo‘rozni — 
Quyoshning parchasi tojiga qo‘nar, 
Erka kelinlaring shirin arazni 
Tuguniga tugib  dalaga jo‘nar.
Tongning eng oq qismi hatlab o‘tolmay, 
Suvching yaktagida saqlayotir jon. 
Issiq  quchog‘ingni tashlab ketolmay, 
Olmalarning bo‘yi oftobda hayron.
Qirda bug‘doy o‘rgan botirga ayon 
Kuzada chayqalgan qimizning hidi. 
G‘aramlarga ayon, chodirga ayon 
Suluvlar quritgan mayizning hidi.
Ter bilan aralash shu saratonda 
Yashil paykallarga qut tomayotir. 
Belanchaklaringda, salqin shiyponda 
Quyosh bolalari sut emayotir...

Zulfiya MO‘MINOVA










BIR KUNI...
BIR KUNI...
O‘TINCH
She’riyat
Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:



Маълумот