Kompensatsiya pullari to‘lab beriladi


   Andijon viloyat, Marhamat tuman Adliya bo‘limi tomonidan hududlarda sayyor qabullar o‘tkazish orqali aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish va huquqiy yechim topish borasida bir qator ishlar olib borilmoqda.
   Xususan, shunday tadbirlarning birida Marhamat tumani, Mingtepa MFY, Ipak yo‘li ko‘chasi 65-uyda yashovchi fuqaro X. Abdullayev tuman adliya bo‘limiga murojaat qilib, Marhamat tuman hokimining 2019 yil 22 mart kungi 1105-Q sonli qaroriga asosan “Obod tuman markazi” dasturi doirasida uning turar joyining bir qismi buzilganligini, biroq buning uchun kompensatsiya pullari to‘lanmaganligini ma’lum qilgan.
   Marhamat tuman Adliya bo‘limi tomonidan fuqaro X. Abdullayev manfaatida fuqarolik ishlari bo‘yicha Asaka tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilishi hamda uning huquqlari sudda himoya qilinishi natijasida, sudning 08.02.2024 yildagi hal qiluv qaroriga asosan fuqaro X. Abdullayevga 172.732.810 so‘m miqdorida kompensatsiya pullari to‘lab beriladigan bo‘ldi.

Hamraev Sardorbek Bahodirjonovich - 
Andijon viloyat, Marhamat tuman 
Adliya bo‘limi boshlig‘i.










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:



Маълумот