Fuqarolarga protsessual hujjatlarni tayyorlashda koʻmaklashiladi


“Endilikda Fuqarolarga protsessual hujjatlarni tayyorlashda koʻmaklashiladi”

   Mamlakatimiz fuqarolariga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish maqsadida hamda ushbu maqsadni amalga oshirish uchun 2024 yil 1 iyul kunidan Adliya vazirligi tomonidan “Madad” NNT bilan hamkorlikda respublikaning barcha tuman va shaharlaridagi davlat xizmatlari markazlarida “Madad” NNTning huquqiy maslahat byurolari bosqichma-bosqich tashkil qilinadi;

- huquqiy maslahat byurolari tomonidan aholiga bepul huquqiy maslahatlar beriladi, shuningdek nizolarni sudgacha va sud orqali hal etishda zarur bo‘ladigan protsessual hujjatlarni tayyorlashda koʻmaklashiladi.

   Ushbu tartib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 may kungi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi  PF-80-son farmoni bilan belgilab qo‘yildi.

B. Adxamov - 
Andijon viloyat, Bo‘ston tumani
Adliya bo‘limi Yuridik xizmat 
ko‘rsatish markazi boshlig‘i.










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:



Маълумот