Endi pensiya tayinlash uchun “online” ariza berish mumkin


   Mamlakatda keksa, boquvchisini yo‘qotgan va mehnatga layoqatsiz aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimi bosqichma-bosqich isloh qilinib, fuqarolarga pensiyalarni tayinlash yuzasidan ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yanada yaxshilash hamda ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
   Xususan, fuqarolarga to‘lanadigan to‘rt turdagi ijtimoiy to‘lovlarni ularning murojaatisiz proaktiv shaklda, ikki turdagi ijtimoiy to‘lovlarni kompozit shaklda hamda yana to‘rt turdagi ijtimoiy to‘lovlarni qo‘shimcha hujjatlar talab etmagan holda, birgina pasport asosida tayinlash amaliyoti joriy etildi.
   Aholiga pensiya tayinlash tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini faol tatbiq etgan holda davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish maqsadida:
    2024 yil 1 yanvardan boshlab:
- fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash uchun amaldagi tartibga qo‘shimcha ravishda ularning xohishiga ko‘ra Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ham murojaat qilish huquqi beriladi;
fuqarolarga davlat pensiyalari tayinlanganidan so‘ng ularning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘larini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki AT “Xalq banki”ning mobil ilovasi orqali olish imkoniyati yaratiladi.
   Bunda, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining  tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘larni olish huquqini beruvchi sertifikat berish tartibi bekor qilinadi;
   2025 yil 1 martdan boshlab fuqarolarga yoshga doir pensiyalarni “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasida belgilangan yoshga to‘lishi munosabati bilan alohida murojaat talab etmagan holda proaktiv shaklda tayinlash tartibi joriy etiladi.
   Bunda, yoshga doir pensiyalar Pensiya jamg‘armasining axborot tizimi orqali tegishli vazirlik va idoralararo axborot almashinuvi asosida olinadigan fuqaroning ish staji, ish haqi hamda boshqa ma’lumotlariga asosan davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartib va me’yorlarga muvofiq hisoblanadi va tayinlanadi.

Isakulov Yodgorjon Alimovich -
Andijon viloyat. Buloqboshi tuman 
Adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi direktori.










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:



Маълумот