OAVni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibidan xabardormisiz?


 Ommaviy axborot vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi 
guvohnoma berish tartibidan xabardormisiz?

   “Litsenziya” axborot tizimi orqali “Ommaviy axborot vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma”ni olish mumkin.
    Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi.
   Murojaatlar qabul qilinadi:
– “Litsenziya” AT - license.gov.uz saytidan o‘zi,  Davlat xizmatlari markaziga kelgan holda.
– YIDXP – my.gov.uz orqali.
    Xizmatdan foydalanuvchilar:
Yuridik va jismoniy shaxslar.
    Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
   Yig‘im undirilmaydi. 
    Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
a) davriy bosma nashrlar (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax va boshqalar) — bazaviy hisoblash miqdorining 12,5 baravari;
b) tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar, Axborot agentliklari — bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari;
v) mahsulotlari Internet global axborot tarmog‘i orqali tarqatiladigan ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar va boshqalar)—bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi;
g) asosan bolalar, o‘smirlar, nogironlar uchun mo‘ljallangan, shuningdek, ta’lim va madaniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar va boshqalar) — bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravari;
d) reklama xususiyatiga ega bo‘lgan ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar va boshqalar) — bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari.
    Arizani ko‘rib chiqish muddati — 10 kun.
    Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: Cheklanmagan.

T. Tursunov - 
Andijon viloyat, Asaka tuman Adliya bo‘limi 
Davlat xizmatlari markazi xodimi.










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:


Маълумот