Favqulodda holat to‘g‘risida
2021 yil 15 dekabrda “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi O‘RQ-737-son O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni qabul qilingan. Unga asosan favqulodda holat — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolarining hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklariga, shuningdek yuridik shaxslarning huquqlariga nisbatan Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki ayrim joylarida vaqtincha joriy qilinadigan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, boshqa tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining alohida huquqiy rejim hisoblanadi.
Favqulodda holatni joriy etish maqsadi asos bo‘luvchi holatni bartaraf etishdan, fuqarolarining xavfsizligini, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi va hududiy yaxlitligi himoya qilinishini ta’minlashdir.
Favqulodda holat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan darhol ijroga qaratilib, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senatiga tasdiqlash uchun kiritiladi. O‘zbekiston Respublikasining butun hududida joriy etiladigan favqulodda holatning amal qilish muddati o‘ttiz sutkadan, uning ayrim joylarida joriy etiladigan favqulodda holatning amal qilish muddati esa oltmish sutkadan oshishi mumkin emas.
Favqulodda holatlarda quyidagi favqulodda choralar va vaqtinchalik cheklovlar kiritiladi:
1. Davlat organlari va o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati vakolatlarini to‘liq yoki qisman to‘xtatib turiladi;
2. oziq-ovqatni va eng zarur narsalarni sotish, sotib olish hamda taqsimlanadi;
3. yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar, shuningdek boshqa ommaviy tadbirlar o‘tkazilishini taqiqlanadi yoki cheklanadi;
4. transport vositalarining harakatini cheklash va ularni ko‘zdan kechirishdan iborat.
Shuningdek, saylov, referendum o‘tkazilmaydi hamda Normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilishini to‘xtatib turiladi.
Biloliddin Yunusov -
Andijon shahar
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuristkonsulti.