Kompensatsiya pullari undirib berildi


   Andijon viloyat, Marhamat tuman Adliya bo‘limi tomonidan hududlarda sayyor qabullar o‘tkazish orqali aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish va huquqiy yechim topish borasida bir qator ishlar olib borilmoqda.
   Xususan, shunday tadbirlarning birida Marhamat tumani, Navro‘z MFY, Alpomish ko‘chasi, 249-uyda yashovchi fuqaro U.Nishonov tuman adliya bo‘limiga murojaat qilib, Marhamat tumani, Navro‘z MFY, Mustaqillik ko‘chasidagi joylashgan turar va noturar joy shaklidagi bino inshootlari Marhamat tuman hokimligi tomonidan buzdirib yuborilganligi, buzilishi natijasida to‘lanadigan kompensatsiya pullari to‘lanmaganligini ma’lum qilgan.
   Marhamat tuman Adliya bo‘limi tomonidan fuqaro U. Nishonov manfaatida fuqarolik ishlari bo‘yicha Asaka tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilishi hamda uning huquqlari sudda himoya qilinishi natijasida, sudning 24.07.2023 yildagi hal qiluv qaroriga asosan fuqaro U. Nishonovga 730.808.097 so‘m miqdorida kompensatsiya pullari to‘lab beriladigan bo‘ldi.

Hamraev Sardorbek Bahodirjonovich - Andijon viloyat, 
Marhamat tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i. 










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:



Маълумот