Yoshlar uchun subsidiyaning yana bir turi haqida


   «Yoshlar daftari»ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomda «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash badalini to‘liq qoplash uchun mahalladagi yoshlar yetakchisining tavsiyasi asosida «Yoshlar daftari» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya ajratilishi belgilangan.
   Buning uchun «Yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqaro subsidiya ajratishni so‘rab o‘zi va tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limi o‘rtasida tuzilgan «Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablag‘lari» maxsus hisob raqamiga badal o‘tkazish tartibi to‘g‘risida shartnoma nusxasini taqdim etishi kerak bo‘ladi.
   Taqdim etilgan hujjatlar uch ish kuni ichida Vasiylik kengashi tomonidan ariza beruvchi yashab kelayotgan mahalladagi yoshlar yetakchisiga yuboriladi. Yoshlar yetakchisi besh ish kuni ichida hujjatlarni ko‘rib chiqib, Vasiylik kengashiga subsidiya ajratish haqidagi tavsiyanomani yoki rad etish to‘g‘risidagi xabarnomani yuboradi. 
   Murojaatni o‘rganish natijalari bo‘yicha uch ish kuni ichida Vasiylik kengashining subsidiya ajratish haqidagi qarori qabul qilinadi.
   Qaror asosida tuman (shahar) hokimliklari uch ish kuni ichida tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limining Xalq bankidagi tegishli tuman (shahar) filialida 29896 «Boshqa majburiyatlar» tranzit hisob raqamiga safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisining familiyasi, ismi, otasining ismi va to‘lov maqsadini ko‘rsatgan holda subsidiyani o‘tkazib beradi.

Rahmonjon Mirzayev -
Andijon viloyat, Shahrixon tuman 
Adliya bo‘limi Yuridik xizmat 
ko‘rsatish markazi boshlig‘i.










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:



Маълумот