Tadbirkorning huquqlari sud orqali tiklandi


   Marhamat tuman Adliya bo‘limi tomonidan hududlarda sayyor qabullar o‘tkazish orqali tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish va huquqiy yechim topish borasida bir qator ishlar olib borilmoqda.
   Xususan, shunday tadbirlarning birida “Shoxona mega story 2018” MChJ rahbari A. Baratov tuman adliya bo‘limiga shikoyat bilan murojaat qilib, Marhamat tuman Tibbiyot birlashmasi tomonidan uning pudrat shartnomasiga asosan bajargan ishlari uchun 206 mln. so‘m pullari to‘lab berilmayotganligini ma’lum qilgan. 
   Marhamat tuman adliya bo‘limi tomonidan jamiyat manfaatida Asaka tumanlararo iqtisodiy sudiga davo ariza kiritilishi hamda uning huquqlari sudda himoya qilinishi natijasida, sudning 24.04.2024 yildagi hal qiluv qaroriga asosan “Shoxona mega story 2018” MChJ foydasiga 206 mln. so‘m undiriladigan bo‘ldi.
 
Sardorbek Bahodirjonovich Hamrayev -
Andijon viloyat, Marhamat tuman 
Adliya bo‘limi boshlig‘i. 










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:



Маълумот