Subsidiya ajratish tartiblari
Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga subsidiya ajratish tartiblari
Joriy yilning 30 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2024 yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholinihg uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-70-sonli Farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq hududlarda 100 mingta kvartiradan iborat bo‘lgan ko‘p qavatli uy-joylar quriladi, qurilish tashkilotlariga bozor tamoyillari asosida ajratilgan kreditlar bo‘yicha kompensatsiya va kafilliklar taklif etiladi. Ko‘p qavatli uy-joylar qurilish jarayonlariga “yashil” uy-joy standartlari joriy etiladi. Ipoteka kreditlari uchun 17 trillion so‘m mablag‘lar ajratiladi. Kambag‘allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga yakka tartibdagi uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash uchun 120 million so‘m miqdorida 20 yil muddatga ipoteka kreditlari ajratiladi. Subsidiyalar ajratish yuzasidan arizalar 2024 yilning 15 may sanasidan 2024 yil 1 noyabr kuniga qadar qabul qilinadi. 2024 yilgi dastur doirasida ajratilgan kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun kredit muddatining birinchi 5 yil davomida 12% dan oshgan qismiga subsidiya to‘lanadi. 2024 yilgi dasturdan boshlab subsidiya berish qat’iy belgilangan 30 million so‘m miqdorda to‘lab beriladi.
Subsidiya olish uchun arizalar Davlat xizmatlar markazlariga o‘zi kelgan holda yoki My.gov.uz (Yagona interaktiv davlat xizmatlar portali)dan foydalangan holda amalga oshiriladi.
F. Komiljonov -
Andijon viloyat, Marhamat tuman
Adliya bo‘limi Davlat xizmatlar markazi direktori.