MINHOJIDDINNING VATANI


Vatan nima erur Minhojiddinga?!
Vatan uning bori- tani jondadir,
Bobur Mirzo yurti Andijondadir.
Uning ehtiromi Farg‘onadadir,
Shoh Mashrab maskani Namagandadir.

Vatan uning bori- boshiga tojdir,
Jizzaxu Sirdaryo ham azim Chochdir.
Ko‘zlarining oqu qorasi Vatan,
Tunlar oromini so‘ragan bojdir.

Vatan nima erur Minhojiddinga?!
Vatan uning qalbi - Qoraqalpoqdir,
Ellik qal’alarda yongan chirog‘dir.
Qo‘lda tayog‘ini qilichdek sirmab,
Yovni qira olgan sirli Shiroqdir

Vatan – Xorazmdir, Ota darvoza,
Xon Feruz bug‘zida qolgan bayotdir.
Polvon ariqlarga yotib yo‘lbarsdek
Beruniy suv ichgan qishloq- Qiyotdir.

Vatan nima erur Minhojiddinga?!
Vatan – Buxorodir pirlar mahzani,
Osmonga nur berib turgan afsona.
Yelkada ko‘tarib Ibn Sinoni
Olmalar obergan qishloq Afshona.

Vatan – Surxondaryo Termiziy tunlar,
Nomoz o‘qiganda ziyolar emgan.
Vatan – Qashqadaryo Nasafiy bilan,
Asriy hujralarga xazina ko‘mgan.

 Vatan – Samarqanddir firdavsmonand,
Navoiydir- so‘nmas ziyodir - Vatan.
Vatan Amir Temur boshidagi toj
G‘avsul A’zam suyangan asodir Vatan.

Vatan nima erur Minhojiddinga?!

Vatan – Toshkentdagi dorulfununlar,

Muhtasham saroylar, muazzam bog‘lar.
Vatan yurt bayrog‘i osmonni o‘pgan,
Bomdodlar, azonlar taralgan chog‘lar.

Vatan nima Minhojiddinga?!
Sevgisida Vatan, so‘rog‘ida Vatan.
Goho so‘z topolmay qoshda jimjit,
Termulib yosh to‘kkan chog‘ida Vatan.
Vatan joni erur Minhojiddinning

Zulfiya MO‘MINOVA.
Minhojiddin Mirzoning Zulpiya opasi.










KAYFIYAT
IZHOR
Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:



Маълумот