BUXORO


Moziydan bir tilsim- kitobim o‘zing,
Dildan-dilga ko‘chgan xitobim o‘zing.
Mag‘rur minorlaring nurga belangan,
Hayot qadar shirin gulobim o‘zing.
O‘tmishing haqida gapirish qiyin…
Yodga olgim kelmas istilolarni.
Tig‘lardan yarador Minori Kalon-
Yog‘iylardan qolgan “ixtirolar»mi?
Yurakka og‘irlik qiladi ko‘nglim,
Qani, Shohdan qolgan bog‘lar gulnafis?
Tamaddun toqiga tumorsan o‘zing,
Armonlar zang bosgan ey oltin qafas…
Qonlarning izi bor devorlaringda,
Dorlar faryod solar… ko‘zimni yumsam.
Kundaga bosh qo‘ygan har bitta fasil,
Har bir g‘ishting uzra yuz mingta qasam…
Sendan ketganlarning armoni buyuk,
Sendan kechganlarning dunyosi kuyik.
Senga yetmaganlar bo‘lolmas buyuk,
Sening tuprog‘ingda baxt erur o‘lmak.
Hazrati Insonlar qadamidasan,
Mudom yaxshilarning har damidasan.
Bu zaminni Pirlar qo‘llaydi har on,
Xayru hidoyatlar badalidasan.
Kimdir sevar seni tilning uchida,
Qanday yashash mumkin sensiz, sharafsiz!
Kimdir joylab qo‘ygan yurak ichiga,
Mening ko‘nglim esa senga poyondoz…
BUXORO!

Marusa HOSILOVA










ONAJONIMGA XAT...
She’riyat
ONA NASIHATI...
Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:


Маълумот