Fatxulla Masudov tavallud topgan kun (1963 - 2020)


    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, aktyor va dublyaj ustasi -  Fatxulla Husanovich Masudov - 1963 yil 16 May kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. 1980-1984 yillarda Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutida tahsil olgan. 1986-1988 yillarda O‘zbek davlat akademik drama teatri rejissyor yordamchisi, 1988 yildan esa aktyor sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 2015 yildan 2020 yilgacha O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori lavozimida ishlab kelgan. 1999 yili "Shuhrat” medaliga sazovor bo‘lgan. 2003 yili "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni bilan mukofotlangan. 2014 yili "Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi. Ma’sudov Fatxulla sahnadagi ijodining dastlabki yillaridan ijodiy ishga jiddiy kirishdi. Birin-ketin takrorlanmas obrazlarni gavdalantira boshlagan. 
    Fatxulla Masudov milliy teatr sahnasida "Qutlug‘ qon”da Yigit, "Sehrli apelsin”da Shahzoda, "Tuhmat”da Umid, "Mirzo Ulug‘bek”da Ali Qushchi, "A.Qodiriyning O‘tkan kunlari”da Abduhakim, "Xotinlar gapidan chiqqan xangoma”da Quvonch, "Shum bola”da Omon, "Alisher Navoiy”da Sohibdoro, Mansur, "Sohibqiron”da Alovuddin, "Mashrab”da mulla Boqiy, "Hayotdan to‘ygan tun”da Asan, "Kunduzsiz kechalar”da Oybek, "Qirol Lir”da fransuz Qiroli, "Usmon Nosir”da Usmon, "Adibning umri”da Oybek, "Uch kunlik dunyo”da Abdusattor, "Talvasa”da kichik farzand, "Cho‘rtan baliq amri bilan”da Qorbobo, "Najot istab”da Murod, "Neksiya”da Ta’lat, "Abulfayzxon”da Rahimbek, "Taxtizar”da Gerakl, "Umr shomidagi baxt”da prokuror, "Al-Farg‘oniy”da Dilmurod, "Eng suluv kelinchak”da Abdulla, "O‘zbekcha raqs”da Tursunboy, "Hasrat bog‘i”da Ashraf, "O‘g‘rini qaroqchi urdi”da Zamon, "Kurort”da Shlyapali kishi, "Yetti faryod”da Santelyano, "Bir qadam yo‘l”da Abdulqodir, "O‘tkan zamon xangmalari”da O‘g‘ri, "Oltin qiz”da O‘g‘il, "Chimildiq”da Tog‘a, "O‘tkan kunlar”da Otabek, "Omon bo‘lgin, azizim”da Jorj, "O‘zbekcha raqs”da Tursunboy, "Senga bir gap aytaman”da O‘g‘il, "Sizsiz o‘tmas kunlarim”da Ismoil, "O‘tkan kunlar"da Otabek va boshqa ko‘plab spektakllarda rang – barang obrazlar ijro etgan. Bundan tashqari, "Qaldirg‘och” o‘g‘il, "Seni izlab” birinchi yigit, "Ayol zoti” Qodirjon, "Oq tulpor izidan” leytinant, "Jumboq” izquvar, "Toychoq” Botir, "Ostona” mayor, "Qutirgan itlar orasida” reketyor, "Kichkina tabib” kuyov, "Zumrad va Qimmat” Ota, "Mehribonginam” Mafiyoznik, "Munis onam” G‘olib, "Otangga qo‘l ko‘tarma” o‘g‘il, "Bekatdagi odam” Tergovchi, "Xonadon egasi” O‘g‘il kabi bir qancha katta va kichik obrazlarni ijro etgan. Dublyajda 500 dan ortiq filmlarga ovoz bergan. 2001 yili "Usmon Nosir” spektaklidagi Usmon Nosir roli uchun "Yilning eng yaxshi erkak roli” nominatsiyasiga sazovor bo‘lgan.
      Ulug‘ san’atkor - Fatxulla Masudov 2020 yilning 30 Avgust kuni Toshkent shahrida vafot etgan.










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:


Маълумот