Hojiakbar Komilovga tabrik


  O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbek Milliy Akademik drama teatri va kino aktyori, mahoratli dublyaj ustasi - Hojiakbar Komilovni tavallud topgan kuni bilan tabriklaymiz!
    Hojiakbar Komilovga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy totuvlik, eng ezgu istaklarimizni tilab qolamiz!

   Kamoli ehtirom ila - O‘zbek Milliy Akademik drama teatri va Muzaffar.uz saytining ijodiy jamoalari.

   Ma’lumot: Hojiakbar Tolibovich Komilov 1956 yilning 11 May kuni Toshket shahrida tug‘ilgan. 
   Hojiakbar Komilov 1983 yili M.Uyg‘ur nomidagi Toshkent Davlat san’at institutini "Drama teatri aktyori” fakultetini bitirib, 1976 yilda O‘zbek Milliy Akademik drama teatriga rejissyor yordamchisi va 1984 yilda aktyor sifatida o‘z faoliyatini boshlagan. 
   2002 yili "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan. 
   Hojiakbar Komilov sahnadagi ijodining dastlabki yillaridan to shu kunga takrorlanmas obrazlar yaratib, teatrning yetuk aktyorlardan biriga aylangan. 
   Ustoz san’atkor "Kunduzsiz kechalar”da Fayzulla Xo‘jayev, "Afandining besh xotini”da Qodir bangi, "Enaga”da Murod, "Hasrat bog‘i”da Murod tog‘a, "Bir qadam yo‘l”da Xorijlik, "O‘tkan zamon hangomalari”da Vazir, "Mashrab”da Gadoy, "Muhabbat sultoni”da Ibn Salom, "Otello”da Rodrigo, "A. Qodiriyning O‘tkan kunlari”da Oybek, "Makr va muhabbat”da Prezident, "Chimildiq”da Ota, "Neksiya”da Boltavoy, "Jahon Otin Uvaysiy”da Zamoniy, "Yoz tuni g‘aroyibotlari”da Eggey, "Usmon Nosir”da G‘ulom Zafariy, "Sohibqiron”da Hofiz Sheroziy, "Yetti faryod”da Baron Pertus, "Piri koinot”da Mag‘rudiy, "Alisher Navoiy”da Mo‘min Mirzo, "Mehrobdan Chayon”da Zokir Gov, "Umr shomidagi baxt”da Rustam, "Ufq”da Tursunboy, "Kuyov”da Erkin, "Mirzo Ulug‘bek”da Qozi Miskin, "Jinoyat ustida ushlansin”da Qobulov, "O‘g‘rini qaroqchi urdi”da Tojivoy sog‘ga, "Sohibi Taxtizar”da Xoriyon, "Sehrli apelsin”da Trufaldino, "Yoriltosh”da Shahzoda, "Kuloyim”da Ertakchi, "Jodugar kanizak”da Shox, "Semurg‘”da Ota, "Talvasa”da Domla, "O‘tkan kunlar”da Mirzakarim Qutidor, "Tanho yulduz”da Domla, "Rustam”da Ellikbosh, "Sizsiz o‘tmas kunlarim”da O‘tkir, "O‘zbekcha raqs”da Domla, "Adibning umri”da Oybek, "Daxshatli quduq”da Bobo, "Tong otgan taraflar”da Luqmoni xakim va boshqa ko‘plab spektakllarda turfa rollarni ijro etib kelmoqda. 
   Bundan tashqari, ko‘plab kino va videofilmlarda ham suratga tushgan. "Ko‘ngil ko‘chalari”da Sindor, "Bobur”da Shahzoda, "Navoiy”da Muzaffar Mirzo, "Ibn Sino”da Ibn Sino, "Qirq tog‘oraning qirq nog‘orasi”da Zargar, "Buyuk Amir Temur”da Sarkarda, "Egizaklar”da Ota, "Xavfli burilish”da Ota kabi ko‘plab obrazlarni yaratgan. 
   Dublyajda 200 dan ortiq filmlarga ovoz bergan. Xalq e’tiboriga tushgan taniqli aktyorlardan.










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:


Маълумот