Huquqshunos maslahati


Andijon viloyat, Paxtaobod tuman Adliya boʻlimi bosh maslahatchisi - Abduraxmonov Saydullo

SAVOL — JAVOB

- Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegara oʻtkazish punktlari orqali harakatlanayotgan avtotransport vositalarini davlat nazoratidan oʻtkazish tartibotlarini soddalashtirish, respublikaning tranzit salohiyati va jozibadorligini oshirish, shuningdek, sayyohlarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida qonunchilikda qanday oʻzgarishlar belgilangan?
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida avtotransport vositalari harakatini yanada tartibli tashkil etish hamda nazorat tartibotlarini soddalashtirish toʻgʻrisida”gi 522-sonli qaroriga asosan, 2024-yil 1-yanvardan boshlab respublikaga kirib kelayotgan va tranzit harakatlanayotgan avtotransport vositalarini davlat nazoratidan oʻtkazishda, chegara oʻtkazish punktlarida undirilishi belgilangan yigʻimlarni bojxona hududida toʻlash imkoniyati yaratiladi, chet davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yigʻim hamda bojxona hamrohligida kuzatib borish uchun bojxona yigʻimi bundan mustasno.
   Shuningdek, chegara oʻtkazish punktlari orqali harakatlanayotgan avtotransport vositalari uchun toʻlanishi lozim boʻlgan yigʻimlar “E-tranzit” avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi yagona hisob varaq asosida shakllantirildi hamda ularni QR-kod (matrik shtrixli kodli) asosida toʻlash imkoniyati yaratildi.

- Yigʻimlar qancha muddat ichida toʻlanishi lozim?
- Avtotransport vositalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktini kesib oʻtganligi tasdiqlangan kundan boshlab yigʻimlar qancha muddat ichida toʻlanishi lozim:
- bojxona nazoratidagi tovarlar yuklangan avtotransport vositalari uchun — bojxona organlari tomonidan belgilangan yetkazib berish muddati doirasida;
- qolgan barcha holatlarda 10 kalendar kun davomida.

- Yigʻimlar qanday toʻlanadi?
Yigʻimlar ular hisoblangan kuni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan valyutalarning rasmiy ayirboshlash kursi va (yoki) ushbu kundagi bazaviy hisoblash miqdori boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida toʻlanadi.

- Yigʻimlarni toʻlash muddatlari buzilganda qanday taʼsir chorasi koʻriladi? 
Yigʻimlarni toʻlash muddatlari buzilgan taqdirda, ularni toʻlash boʻyicha majburiyat bajarilmagan har bir kechiktirilgan kun uchun penyalar toʻlanmagan yigʻimlar summasidan kelib chiqib foizlarda belgilanadi. Penyaning foiz stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining shu davrda amalda boʻlgan qayta moliyalashtirish stavkasining uch yuzdan biriga teng etib qabul qilinadi. Shuningdek, toʻlanmagan yigʻimlari hamda ularga hisoblangan penyalari mavjud avtotransport vositalarining respublika hududidan olib chiqilishi va harakatlanishi taqiqlanadi. Bundan tashqari, yigʻimlarni toʻlash muddatini bir kalendar yil davomida bir marotaba buzgan shaxslarga yigʻimlarni bojxona hududida toʻlash imkoniyati taqdim etilmaydi.










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:


Маълумот