Iijtimoiy nafaqa tayinlash bo‘yicha elektron shaklda ariza berishn
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqa tayinlash bo‘yicha elektron shaklda ariza berishni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2023 yil 28 fevraldagi PF-27-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, ijtimoiy himoya qilish tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishini kengaytirish hamda kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy yordamlar ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2024 yil 1 apreldan boshlab kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash uchun onlayn ariza berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilsin. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2024 yil 1 aprelga qadar:
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash hamda ma’lumotnoma taqdim etish bo‘yicha elektron shaklda davlat xizmatini ko‘rsatishni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali joriy etadi;
- davlat xizmatini ko‘rsatishni YIDXP orqali joriy etish bo‘yicha texnik hujjatlarni tasdiqlaydi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda tegishli axborot tizimlarining o‘zaro integratsiya qilinishini ta’minlaydi.YIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlar ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketgan va O‘zbekiston Respublikasiga kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasi hududida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar to‘g‘risidagi hamda ularning chet elga borish maqsadlari to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali taqdim etib borilishini yo‘lga qo‘ysin.
2024 yil 1 apreldan boshlab “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining ijtimoiy xodimlariga fuqarolarning bevosita roziligi bilan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash bo‘yicha elektron shaklda ariza berish huquqi berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi:
- Soliq qo‘mitasining ish haqi fondi to‘g‘risidagi ma’lumotlariga asoslanib, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, ish beruvchilar tomonidan har bir xodim bo‘yicha mehnat va fuqarolik-huquqiy shartnomalarni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida ro‘yxatdan o‘z vaqtida o‘tkazilishi bo‘yicha nazorat tadbirlarini kuchaytirsin;
- “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash rad etilgan, shuningdek, aholi bandligi masalalari bo‘yicha maslahat olish uchun mehnat organlariga murojaat qilganligi sababli rasmiy bandlik talab etilmasdan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlangan hamda ketma-ket ikki va undan ortiq marotaba ijtimoiy nafaqalar olayotgan oilalar bandligini ta’minlash hamda ularning daromadlarini oshirish yuzasidan aniq choralar ko‘rib borsin;
2024 yil 1 yanvarga qadar:
- O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi gematologiya, onkologiya, immunologiya va boshqa uzoq muddatli davolanishni talab etadigan kasalliklar bilan kasallangan shaxslar to‘g‘risida yagona elektron ma’lumotlar bazasini ishlab chiqsin va uning “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga integratsiya qilinishini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda chet elda sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bo‘yicha jazoni ijro etish muassasalarida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari to‘g‘risidagi yagona elektron ma’lumotlar bazasini ishlab chiqib, ma’lumotlar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga taqdim etib borilishini yo‘lga qo‘ysin;
- O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi avtotransport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasiga transport vositasining rusumi, dvigatel quvvati va boshqa zarur ko‘rsatkichlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni majburiy kiritish tizimini joriy etsin;
- O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning axborot tizimi bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin hamda kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash uchun murojaat qilgan oilalarning elektr energiyasi xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish tartibini joriy etsin;
- Soliq qo‘mitasi ishlovchi onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga (budjet tashkilotlarida ishlaydigan onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bundan mustasno) bola ikki yoshga yetguncha uni parvarishlash uchun beriladigan nafaqalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga taqdim etilishini ta’minlasin.
Vazirlar Mahkamasining “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 21 oktyabrdagi 654-son qaroriga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Kam ta’minlangan oilalarni aniqlash mezonlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar 2023 yil 15 noyabrdan so‘ng taqdim etilgan arizalarga nisbatan joriy etiladi;
- mazkur qarorga 1-ilovaning 7-bandi 2024 yil 1 apreldan boshlab kuchga kiradi.
Odilova Madinabonu Saitkomol qizi -
Andijon viloyat, Andijon tuman
Adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi
Telefon xizmati ko‘rsatish
Servis sho‘basi aloqa operatori.