Huquqshunos maslahati


   Savol: 
   Yoshga doir pensiya oluvchilar uchun sanatoriyaga yo‘llanma olish tartibi qanday?

   Javob:
   O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi "Aholiga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish sohasiga axborot-texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida"gi 693-son qarori bilan tasdiqlangan reglamentga ko‘ra, yo‘llanmalar berish davriyligi navbat asosida yoshga doir pensiya oluvchilar uchun uch yilda bir marotaba berishi belgilangan.
   Mazkur reglamentning 7-bandiga ko‘ra, Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar yoki ularning vakillari davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki vakolatli organga kelib murojaat etadilar yoxud davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXP yoki YaMIH ATda ro‘yxatdan o‘tishlari belgilab qo‘yilgan.
   Shuningdek, Reglamentning 16-bandiga asosan, yo‘llanmalar sanatoriylarning mavjud o‘rinlaridan kelib chiqqan holda ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida navbat asosida berilishi, urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar uchun sanatoriylarga yo‘llanmalar birinchi navbatda berilishi hamda yo‘llanmalar keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga 12 kunga, yo‘llanmalarning amal qilish muddati boshlanishidan 10 kun oldin (asosli sabablarga ko‘ra qaytarilgan yo‘llanmalar bundan mustasno) berilishi belgilab qo‘yilgan.

   Savol: 
   O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansub emaslik to‘g‘risida ma’lumotnoma olishda davlat xizmatidan foydalanish uchun qanday ma’lumot talab etiladi?

   Javob:
  Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-son qarori bilan tasdiqlangan “Jismoniy va yuridik shaxslarga ma’lumotnomalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona” ma’muriy reglamentiga ko‘ra, Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar quyidagilar:

1.So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

- familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi)
- pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JSh ShIR ma’lumotlari);
- ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
- yashash manzili;
- elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;
- voyaga yetmagan farzandlarining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilgan vaqti va joyi, qarindoshlik darajasi;
- O‘zbekiston Respublikasidagi oxirgi doimiy yashagan manzili va qaysi hujjatga asosan chiqib ketganligi (hujjat seriyasi va raqami);
- qaysi davlat fuqarosi yoki qaysi chet davlat fuqaroligini qabul qilish istagida ekanligi.

2. Quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

- tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
- shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
- ma’lumotnomada ariza beruvchining voyaga yetmagan farzandlari ham ko‘rsatilganda, ularning nomidan qonuniy vakillari tomonidan imzolangan arizasi;
- notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo‘lsa).

Mo‘minov Davronbek - 
Andijon viloyat, Shahrixon tuman 
Adliya bo‘limi davlat xizmatlarini 
ko‘rsatish markazi direktori.










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:



Маълумот