Yo‘qolgan ashyoning topilmaganligi haqida ma’lumotnoma


Yo‘qolgan ashyoning topilmaganligi haqida ma’lumotnoma berish tartibi qanday tartibda amalga oshiriladi?

   O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 20 noyabrdagi "Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 612-son qarori bilan “Yo‘qolgan ashyoning topilmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish” xizmat turi tasdiqlangan bo‘lib bunda fuqaro yo‘qolgan ashyoning topilmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish uchun avval yo‘qotilganlik haqida xabar berish xizmatidan foydalanish talab etiladi.
   Yo‘qolgan ashyoning topilmaganligi haqida ma’lumotnoma berish xizmatidan jismoniy va yuridik shaxslar  foydalanishi mumkin.
   Xizmatni ko‘rsatish tartibi: 
   O‘zining yoki yaqin qarindoshlarining (eri yoki xotini, farzandlari, nevaralari, aka-uka va opa-singillari) yo‘qolgan ashyolarini topish bo‘yicha jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslarning vakillari davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi. So‘rovnoma to‘ldirilib, unga yo‘qotib qo‘yilgan ashyoning alohida belgilarini aks ettiruvchi fotosuratlar, elektron ma’lumotlar, agar ashyo hujjat bo‘lsa, uning nusxalari ilova qilinishi mumkin.Topib olingan ashyolar Markazda 6 oy davomida saqlanadi.Agar bu vaqt ichida topilmani olishga haqli bo‘lgan shaxs aniqlanmasa, ashyoni topib olgan shaxsga uning ashyoga nisbatan mulk huquqi vujudga kelganligi to‘g‘risida xabar beriladi. Ashyoni topib olgan shaxs uni qabul qilib olishni rad etgan taqdirda, ashyo davlat mulkiga o‘tadi hamda 3 ish kunida “E-auksion” savdo maydonchasida elektron auksionga qo‘yiladi. Markazga kelib tushgan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar, guvohnomalar va turli xil rasmiy hujjatlar 1 oy ichida egalari tomonidan talab qilinmagan taqdirda, ushbu hujjatni bergan tashkilotga yuboriladi. 
   Xizmatni ko‘rsatish muddati: 1 ish kuni mobaynida. 
   Xizmat narxi: BHMning 5 foizi (YaIDXP orqali murojaat etilganda BHMning 4 foizi) miqdorida.Mazkur tartib jinoyat va ma’muriy huquqbuzarliklar oqibatida yo‘qolgan ashyolarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Ibrohimjon Ibragimov - 
Andijon viloyat, Shahrixon tuman 
Adliya bo‘limi Davlat xizmatlari 
markazi sho‘ba mudiri. 










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:



Маълумот