Savol bering, javob beramiz


   Savol: Davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta’lim olayotgan xotin-qizlarning o‘quv yili uchun to‘lov-kontraktning to‘liq summasini to‘lab berish tartibi qanday?

   Javob: Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 15 avgustdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura bosqichida ta’lim olayotgan xotin-qizlarning to‘lov kontrakt mablag‘larini to‘lab berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 447-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta’lim olayotgan xotin-qizlarning o‘quv yili uchun to‘lov-kontraktning to‘liq summasini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish tartibi joriy etilgan.
   Ushbu Nizom davlat oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Bosh prokuratura akademiyasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Bank-moliya akademiyasining magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta’lim olayotgan talaba xotin-qizlar (keyingi o‘rinlarda — talabgorlar)ga nisbatan tatbiq etiladi.
   Talabgorlar 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab o‘quv yili uchun to‘lov-kontraktning to‘liq summasini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qoplab berish yuzasidan o‘zlari ta’lim oladigan oliy ta’lim muassasasining rektori (filial direktori) nomiga o‘quv yilining 15-sentyabriga qadar ariza bilan murojaat etadilar.
   Davlat oliy ta’lim muassasalari 3 ish kunida Taqdim etilgan arizalarni ko‘rib chiqadi va ro‘yxatni shakllantiradi. Shuningdek, 5 ish kunida To‘lov-kontraktlar summalarini qoplab berish uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga shakllantirilgan ro‘yxatni yuboradi.
   Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 3 ish kunida Taqdim etilgan talabgorlar ro‘yxatiga asosan tegishli mablag‘larni oliy ta’lim muassasalarining budjet mablag‘lari bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazish yuzasidan Moliya vazirligiga so‘rovnoma taqdim etadi.
   Moliya vazirligi har yili 20-mayga qadar Belgilangan tartibda mablag‘larni tegishli oliy ta’lim muassasalarining budjet shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazadi.
   Davlat oliy ta’lim muassasalari o‘quv yilining 15 oktyabriga qadar 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab talabgorlarga o‘quv yili uchun to‘lov-kontraktning to‘liq summasini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish to‘g‘risida tegishli oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori)ning buyrug‘i qabul qilinadi.

Muhtarov Davlatbek Otabek o‘g‘li -
Andijon viloyat, Xo‘jaobod tuman 
Adliya bo‘limi boshlig‘i. 










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:



Маълумот