Tadbirkorlarga davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi


   Tadbirkorlik subyektlari bo‘lgan yuridik shaxslarning vakolatxona va filiallarini hisobga olish (chiqarish) bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti doirasida davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi.
   O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining qarori “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 28.03.2024 yildagi 165-son qarori qabul qilingan.
   Mazkur qarorning 1-ilovasi Tadbirkorlik subyektlari bo‘lgan yuridik shaxslarning vakolatxona va filiallarini hisobga olish (chiqarish) bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning “ MA’MURIY REGLAMENTI”ning 2 bobida  2-bob. Yuridik shaxslarga davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi qayd qilingan.

   Unga ko‘ra:

   Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki Tizimdagi shaxsiy kabineti orqali ro‘yxatdan o‘tadi.
   Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, Tizim orqali murojaat etgan taqdirda esa, ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron ravishda to‘ldiradi.
   Bunda ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etganda, davlat xizmatidan foydalanish uchun o‘zining vakolatliligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi, vakolatli shaxs yuridik shaxs rahbari bo‘lgan holatlar bundan mustasno.
   Yuridik shaxs rahbari haqidagi ma’lumotlar “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali tekshiriladi.

   So‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, so‘rovnomani o‘zining elektron raqamli imzosi (keyingi o‘rinlarda — ERI) bilan tasdiqlaydi.
   O‘zi kelib murojaat etganda so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda, tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.

   Ariza beruvchi tomonidan so‘rovnomaga quyidagi hujjatlar elektron shaklda (pdf formatda) ilova qilinadi:

- filial tashkil qilinganligi to‘g‘risida davlat tilidagi ta’sis yig‘ilishi (konferensiyasi) bayoni;
- belgilangan tartibda tasdiqlangan davlat tilidagi filial nizomi (hisobga olishda taqdim etiladi).

   Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun to‘lov undirilmaydi.

   Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rilmasdan qoldiriladi.

    Ariza beruvchi mazkur Reglamentning 7-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni taqdim etgan vaqtdan boshlab davlat xizmatlari markazi ikki ish soati davomida arizani ko‘rib chiqadi hamda ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha filial hisobga olinganligi (chiqarilganligi) haqida yoki mazkur Reglamentning 12-bandida belgilangan holatlar mavjud bo‘lganda, hisobga qo‘yishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.

   Agar taqdim etilgan hujjatlar mazkur Reglament talablariga muvofiq bo‘lsa, davlat xizmatlari markazi xodimi:

- yuridik shaxslarning tegishli reyestrlariga yozuvlar kiritish yo‘li bilan filialni hisobga oladi (chiqaradi);
- hisobga olingan (chiqarilgan) filial haqidagi ma’lumotni Tizim vositasida avtomatik tarzda Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning markaziy ma’lumotlar bazasiga taqdim etadi. Bunda filialning hisobi yuridik shaxs (bosh tashkilot)ning soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR) asosida yuritiladi;
- mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan filial hisobga olinganligi (chiqarilganligi) haqidagi guvohnomani shakllantiradi;
- filial hisobga olinganligi (chiqarilganligi) haqidagi guvohnomani ariza beruvchiga taqdim etadi (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchining Tizimdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.

   Davlat xizmatini ko‘rsatishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

- ariza beruvchining vakolatliligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmaganligi;
- so‘rovnomada noto‘g‘ri yoki xato ma’lumotlar ko‘rsatilganligi;
- mazkur Reglamentning 7-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilmaganligi.

   Ariza beruvchi davlat xizmatini ko‘rsatishni rad etishga sabab bo‘lgan holatlarni bartaraf etib, istalgan vaqtda qaytadan davlat xizmatidan foydalanishi mumkin.
   Davlat xizmatini ko‘rsatishni boshqa asoslarga, shu jumladan, maqsadga muvofiq emasligi sabablariga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

   Davlat xizmatini ko‘rsatishni rad etish uchun asoslar mavjud bo‘lganda, davlat xizmatlari markazi mazkur Reglamentga 4-ilovaga muvofiq davlat xizmatini ko‘rsatish rad etilganligi to‘g‘risidagi xabarnomani rasmiylashtiradi hamda uni ariza beruvchiga taqdim etadi (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchining tizimdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.

 J. Xakimjonov -
Andijon viloyat, Andijon tuman 
Adliya bo‘limi
Davlat xizmatlari markazi
Bosh mutaxassisi.










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:



Маълумот