Qora zarba


Davomiyligi: 90 daqiqa
Ishlab chiqarilgan yili: 2018 yil
Tili: O‘zbekcha

Ssenariy muallifi: Sardor Hamroyev
Muharrir: Abduqayum Yo‘ldoshev
Postanovkachi-rejissyor: Samidxon Lutfullayev
Postanovkachi-operator: Rustam Yuldoshev

   Rollarda: Nurullo Sharopov, Xurshida Arabshoyeva, Samidxon Lutfullayev, Elyor Nosirov, Behzod Muhammadkarimov, Hamid Toshpo‘latov, Hoshim Arslonov, Feruza Meliboyeva, Muyassar Berdiqulova, A’zam G‘aniyev v. b.
 Postanovkachi-rejissyor Samidxon Lutfullayev o‘zining ilk «Qora zarba» deb nomlangan tragediya janridagi filmini suratga olish ishlarini boshlagan va kartina kadrlari Toshkent shahrida olingandi.
   Film o‘ziga to‘q xonadonda voyaga yetgan farzandning aysh-ishratga berilib, giyohvand moddalarga ruju qo‘yishi va uning og‘ir oqibatlariga bag‘ishlanadi. Kartinaning asosiy g‘oyasi bu – yoshlarni turli yot g‘oyalardan asrash va o‘sib kelayotgan yosh avlodni to‘g‘ri tarbiyalashga qaratilgan. Qator hamkor tashkilotlar bilan ishlanayotgan film mistik, tragik janrlarda suratga olingan. Giyohvandlik va  uning ayanchli oqibatlari va yechimi haqidagi ushbu kino tomoshabinni yana bir bor farzand tarbiyasiga e’tiborli bo‘lishga undaydi.
  Kartina ssenariysi O‘zbekiston davlat san’at instituti talabasi Sardor Hamroyev qalamiga mansub. Yosh va umidli dramaturgning shu kunga qadar pyesalari mamlakatimizdagi bir nechta teatrlarda sahnalashtirilgan.  «Qora zarba» pyesasi esa uning kinodagi ilk ishi bo‘ldi.
— Yurtimizda biz yoshlarning ta’lim olishimiz, kasb-hunar egallashimiz uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan — deydi ssenariy muallifi, — deydi ssenariy muallifi Sardor Hamroyev. — Bundan oqilona foydalangan tengdoshlarimiz katta marralarni egallamoqdalar. Shu o‘rinda ular mamlakatimiz sharafini o‘z sohalarida munosib himoya qilishayotganini aytib o‘tish joiz. Biroq, guruch kurmaksiz bo‘lmaydi deganlaridek, yoshlar orasida faqat bugunki kun bilan yashayotgan, kelajagini o‘ylamaydiganlari ham afsuski  yo‘q emas. Kartinadagi qahramonimiz anashunday o‘z yo‘lidan adashganlardan biri. Jamiyatda hech kimdan kam bo‘lmagan qahramonimiz ko‘chada-kuyda bemaqsad yurib, har xil odamlar bilan og‘a-ini tutunib o‘z hayotini «jahannam»ga aylantiradi.      
   Filmda bosh rollarni Nurullo Sharopov, Xurshida Arabshoyeva, O‘zbekiston xalq artisti Elyor Nosirov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Hoshim Arslonov, Behzod Muhammadkarimov, Muyassar Berdiqulova hamda yosh estrada xonandasi Malika Egamberdiyeva gavdalantirgan.
 Operator Rustam Yo‘ldoshev, rassom Xoldor Ro‘zimatov, kartina badiiy rahbari  Shuhrat Rizayev, muharrir Abduqayum Yo‘ldoshev.  
   Mazkur film ijodimda ilk yirik, mustaqil ish bo‘ladi. Qaysidir ma’noda sinov, eng asosiysi mas’uliyat, — deydi pastanovkachi-rejissyor Samiddin Lutfullayev. — Filmning yoshlar tarbiyasiga ta’siri katta. Mazkur filmda murakkab sahnalar juda ko‘p. Albatta ularni tabiiy ravishda tomoshabinga yetkazish tajriba va mahorat talab etadi. Film giyohvandlikka berilishning ayanchli oqibatlari va unga qarshi kurash haqida. Yurtimizda giyohvandlikka qarshi kurashishda barcha bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilsa, yoshlarni uning jirkanch domidan qutqargan bo‘lamiz. Bu illat nafaqat O‘zbekistonni  balki butun dunyo jamoatchiligining og‘riqli nuqtasi bo‘lib qolmoqda. Ushbu kino orqali yoshlarga bu yo‘l noto‘g‘ri ekanini tushuntira olsak, demak biz o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadga erishgan bo‘lamiz. 
 
Abduqayum Yo‘ldoshev










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:


Маълумот