So‘ragan edingiz?


   Savol: Assalomu alaykum, xodim ishga tiklangan edi. Lekin ish beruvchi apellyatsiyada yutib chiqib, birinchi instansiya sudini hal qiluv qarori bekor qilindi. Endi xodim bilan mehnat shartnomasini qanday bekor qilamiz, xodimga qanaqa to‘lovlar qilinishi kerak?

    Javob : Bu holatda MK 168-moddasi 1-qismi 7-bandiga ko‘ra ya’ni xodimni ishga tiklash haqidagi sud qarori bekor qilinganligi munosabati xodim bilan mehnat shartnomasi bilan bekor qilinadi. 
   Shartnoma MK 168-modda 1-qismi 7-bandi bilan bekor qilinsa, xodimga MK 173-moddasi bo‘yicha ishdan bo‘shatish nafaqasi hamda MK 100-moddasidagi kafolatlar to‘lanmaydi! 
   Xodimga MK 172-moddasiga ko‘ra, oxirigacha olinmagan ish haqi hamda xodim tomonidan foydalanilmagan barcha asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalar to‘lab beriladi!

   Savol: Farzandimni yoki o‘zimni kontraktimni to‘lash uchun kelajakdagi  ish haqimni birdaniga olishim mumkinmi? 

   Javob : Ha, mumkin. Agar so‘ralgan pul miqdori bir oylik ish haqi miqdoridan oshmasa, uni “avans” to‘lovi sifatida berish mumkin. Agar so‘ralgan pul miqdori bir oylik ish haqi miqdoridan ortiq bo‘lsa, u qarz sifatida baholanadi. Buni ikki shaklda rasmiylashtirish mumkin: 

) Xodim kelajakda qaytarish sharti bilan ma’lum miqdorda mablag‘ so‘rab ariza yozadi, – “kelgusi maosh hisobidan” iborasi shu ma’noni anglatadi. Ish beruvchi esa kerakli miqdordagi mablag‘ni berishga buyruq chiqaradi; 

) Ish beruvchi va xodim o‘rtasida Fuqarolik kodeksi 732–742-moddalariga ko‘ra qarz shartnomasi tuziladi. FK 732-moddasiga (Qarz shartnomasi) ko‘ra, qarz shartnomasi bo‘yicha bir taraf (qarz beruvchi) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) pul yoki turga xos alomatlari bilan belgilangan boshqa ashyolarni mulk qilib beradi, qarz oluvchi esa qarz beruvchiga bir yo‘la yoki bo‘lib-bo‘lib, o‘shancha summadagi pulni yoki qarzga olingan ashyolarning xili, sifati va miqdoriga baravar ashyolarni (qarz summasini) qaytarib berish majburiyatini oladi.

Xo‘jamberdiyev Ro‘zimaxammad Yigitali o‘g‘li - 
Andijon viloyat, Buloqboshi tuman 
Adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish 
markazi bosh yuriskonsulti.










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:



Маълумот