JUMHURIYAT MUALLIMI


O‘tgan asrning 90-yillarida uyidan arab yozuvidagi kitob chiqsa xavotirga tushib bekitib, ko‘mib qo‘ygan insonlar 1300 yillik tarixning kaliti bo‘lgan arab alifbosi asosidagi eski o‘zbek yozuvini o‘rganishga tashna edi. Hozirda 60 yoshdan 90 yoshgacha bo‘lgan insonlarning xonadonlarida ushbu kitobning borligiga imon keltiraman. Chunki chanqab, sahroda suvga tashna bo‘lib kelayotgan kimsa suvni qanday qilib sipqorib ichishini, huzurlanishini ko‘rganmisiz? Ana shu chanqoqni birinchi bo‘lib qondirganlardan biri mana shu kitobning muallifi edi. O‘sha paytda u barcha frontlarda jonbozlik ko‘rsatib xalqqa arab yozuvini o‘rgatdi. Gazeta, jurnal, radio, televideniye hamda nashriyotlar orqali ma’rifat yog‘dusini sochdi. Shuning uchun ham o‘sha paytlarda u haqda JUMHURIYAT MUALLIMI degan nisbat bilan katta maqola chop etilgandi. YOZUV va NUTQning himoyachisi, tolmas targ‘ibotchisi, bugun tavallud topgan kunini nishonlayotgan bu inson RAHIMBOY JUMANIYOZOVDIR.

  Bahriddin MUQIM.










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:


Маълумот