SSB Xalq deputatlari Kengashlariga hisobot beradi


Endilikda,  Sog‘liqni saqlash boshqarmalari xalq deputatlari Kengashlariga hisobot beradi.
 
   O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sog‘liqni saqlash organlari faoliyati haqida jamoatchilikning xabardorligini oshirishga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risidagi Qonuni (O‘RQ-870, 04.10.2023 y) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritildi. 
   🔘Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, Viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi rahbarlari har yarim yillik yakunlari bo‘yicha tegishincha xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga hududda sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida hisobot taqdim etadi.
   📋 Mazkur hisobotni eshitish yakunlari bo‘yicha tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan ularning faoliyati samaradorligiga baho beriladi hamda tegishli qaror qabul qilinib, qaror Sog‘liqni saqlash vazirligiga yuboriladi.
   ▶️ Bundan tashqari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining rahbarlari har yarim yillik yakunlari bo‘yicha tegishincha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hududda sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida hisobot taqdim etadi.
   📄 Mazkur hisobotni eshitish yakunlari bo‘yicha tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan qaror qabul qilinib, qaror sog‘liqni saqlashni boshqarish hududiy organlariga yuboriladi.
   🔘 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi Qonuni 11-moddasida  fuqarolar yig‘ini , “tegishincha aholi biriktirilgan tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari, oilaviy poliklinikalar va oilaviy shifokor punktlari rahbarlarining profilaktika ko‘riklarini hamda skrining dasturlarini amalga oshirish, fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish holati, ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarning hamda atrofdagilar uchun xavfli bo‘lgan kasalliklarning tarqalishi, fuqarolar sog‘lig‘iga ta’sir etuvchi omillar, shu jumladan tegishli hududning sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risidagi axborotini eshitishi» belgilab qo‘yildi.
   📌 Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

     Andijon viloyat,  Izboskan tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i: Sh. Abduraxmonov.










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:


Маълумот