Plagiat asarlardan foydalanganlik uchun javobgarlik


Plagiat asarlardan foydalanganlik uchun qonunchilikda qanday javobgarliklar mavjud?

   Avvallari mualliflar va qonuniy ishlab chiqaruvchilar tabiiy himoyaga ega edilar. Bular: texnikaning murakkabligi, jarayonning mashaqqatliligi hamda olingan nusxaning tannarxi ancha qimmatga tushishi kabilar edi. 
  Asosida mualliflik huquqi bilan himoyalangan asarlardan muallif yoki shunday huquq egasining tegishli ruxsatnomasini olmasdan foydalanishayotgan huquqbuzarlik OAVda odatda “qaroqchilik” atamasi bilan ifodalanadi. Ammo u qonunchilikda o‘z aksini topmagan. Amaldagi qonunchilikda bunday holat "kontrafakt nusxalar" atamasi bilan ifodalanadi. Mazkur atamaning bojxona qoidalarining buzilishlari bilan hech qanday aloqasi yo‘q. Bu umuman boshqa yuridik toifaga kiradi: 
  Asarlarning va turdosh huquqlar obyektlarining takrorlanishi yoki tarqatilishi mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzgan holda amalga oshiriladigan nusxalari kontrafakt nusxalardir. Bu "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida"gi Qonunning 62- moddasida o‘z ifodasini topgan. 
   Mualliflik huquqlari va turdosh huquqlar buzilishining eng keng tarqalgan turlariga quyidagilarni kiritish mumkin: nusxa olish (kitoblar, maqolalar, kartinalarni qayta ko‘paytirish); asarni tarqatish (ijara, sotuv, dasturiy ta’minotni o‘rnatish va b.); ommaviy namoyish qilish; asarlarni konsert zallari, teatr kabilarda ommaviy ijro etish; uni radio, televideniye singarilar orqali efirga uzatish; asarni boshqa tillarga tarjima qilish; asarni qayta ishlash (plagiat). Bularning to‘liq ro‘yxatini keltirishning ham iloji yo‘q. Hozirgi kunda huquqbuzarlar zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda o‘zlashtirishning yangidan yangi yo‘llarini topishmoqda. 
   Yana huquqbuzarliklarning shunday toifasi borki, ular har doim ham kontrafakti bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Masalan, bularga mualliflik gonorarini to‘lamaslik yoki to‘liq to‘lamaslik; muallifning tegishli ruxsatini olmasdan asarni nashr etish; haqiqiy muallifning ismini ko‘rsatmasdan nashr etish kabilar kiradi. Qonunning 62-moddasida huquqbuzarliklarning keng ro‘yxati keltirilgan.     Shuningdek, Qonunda huquqbuzarliklar javobgarligining ajoyib bir chorasi bor: asarlarning va turdosh huquqlar obyektlarining kontrafakt nusxalarini musodara qilish (mahsulotlarnigina emas) ya’ni Qonunning 66-moddasiga muvofiq asarlarning va turdosh huquqlar obyektlarining kontrafakt nusxalari, shuningdek, ularni tayyorlash va takrorlashda foydalaniladigan materiallar va asbob-uskunalar hamda sodir etilgan huquqbuzarlikning boshqa vositalari qonun hujjatlariga muvofiq sud tartibida musodara qilinadi.

M. Odiljonov - 
Andijon viloyat Adliya boshqarmasi 
katta maslahatchisi.










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:



Маълумот