Otalikni belgilash qanday tartibda amalga oshiriladi?


    Nikohda bo‘lmagan ota-onadan tug‘ilgan bolaga otalikni belgilash ota va onasi (agar otasi voyaga yetmagan hisoblansa, u holda qonuniy vakili) tomonidan birgalikda berilgan arizasi yoki sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida FHDY organida amalga oshiriladi.
   Otalikni belgilash to‘g‘risidagi ariza, fuqarolarning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar, FHDY organi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
   Otalikni belgilash ariza berilgan kuni ota-onasining ishtirokida amalga oshiriladi, ushbu Qoidalarning 45-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
   Alohida hollarda otalikni belgilash haqidagi ariza FHDY organiga bola tug‘ilmasdan oldin ham berilishi mumkin.
   Bunday holatlarda bola tug‘ilgunga qadar uning tug‘ilgan vaqti va ismi haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmaydi.
   Bolaning tug‘ilganligi boshqa FHDY organida qayd etilgan taqdirda, oldindan berilgan arizani saqlagan FHDY organi so‘rovnoma bo‘yicha uni qayd etish joyiga yuboradi.
   Otalikni ishonchnoma bo‘yicha belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.
   Agar otalik bolaning tug‘ilganligi qayd etilgandan so‘ng belgilansa otalikni belgilash haqidagi arizaga yoki sudning ushbu masala yuzasidan qaroriga bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi ilova qilinadi.
   Otalikni belgilashda ota-onalardan biri ishtirok etmagan taqdirda uning imzosi qonunchilikda belgilangan tartibda (notarius, O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasining mas’ul shaxsi yoki tibbiyot muassasasi, FHDY organi, harbiy qism yoki jazoni o‘tash muassasasi rahbarining imzosi va muhri bilan) tasdiqlanadi.

Yelena Akbarova -
Andijon viloyat, Shahrixon tuman 
Adliya bo‘limi fuqarolik holati dalolatnomalarini 
yozish organi 2-toifali inspektori.










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:



Маълумот