Bola huquqlari davlat himoyasidadir


Bola huquqlari davlat himoyasidadir

   Bola huquqlari – bolaga nisbatan inson huquqlari toifasi, irqi, jinsi, tili, dini, tug‘ilgan joyi, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiyligi, ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, har bir bola ega bo‘lishi kerak bo‘lgan huquq va erkinliklar. Xalqaro huquqda 18 yoshga etmaganlarning barchasi bola deb tan olingan.      
   Bola huquqlari to‘g‘risida konvensiya — bolalar huquqi to‘g‘risidagi xalqaro huquq normalari kuchiga ega bo‘lgan hamda kelajakka qaratilgan eng to‘la va birinchi hujjat. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1989-yil 20 noyabrda bir ovozdan qabul qilingan. Konvensiya 1959 yilda qabul qilingan Bola huquqlari deklaratsiyasi qoidalarini rivojlantiradi. Deklaratsiya „Insoniyat o‘zida mavjud bo‘lgan eng yaxshi narsalarning hammasini bolalarga berishga majbur“ deb e’lon qilgan edi. Konvensiya esa ushbu Deklaratsiya va boshqa xalqaro hujjatlardagi bolalar huquqlari to‘g‘risidagi qonunlarni o‘zida mujassamlashtirgan.Bola huquqlari to‘g‘risida konvensiya dunyoning barcha mintaqalaridagi xalqlar uchun teng ahamiyatga ega, asosiy maqsadi bolalar manfaatlarini mumkin qadar himoya qilishdan iborat. U muqaddima, 3 qism, 54 moddadan iborat. Konvensiyaga asosan agar milliy qonunlarda balog‘at yoshi birmuncha erta belgilangan bo‘lmasa, 18 yoshga to‘lmagan har qanday shaxs bola hisoblanadi.Bola huquqlari to‘g‘risida konvensiya insonning fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlari yig‘indisidan iborat. U bolalar o‘zining axloqiy, aqliy va ruhiy qobiliyatlarini erkin rivojlantirishi uchun boshqa narsalardan tashqari sog‘lig‘i va atrof muhitning xavfsizligi, tibbiy yordamga ega bo‘lish va ovqatlanish, kiyim-kechak, turarjoy xususidagi minimal normalar bilan ta’minlanishi zarurligini talab etadi. Konvensiyaga kura, bola o‘zining kamol topishida o‘zi faol ishtirok etish, o‘z fikrini bayon qilish huquqiga ega, bu esa uning hayotiga oid masalalarni hal etishda hisobga olinishini ta’minlaydi. Konvensiya bolaning yashash va sog‘lom rivojlanish huquqiga, farzandlikka olish bilan bog‘liq huquqqa, noraso bolalar va qochoq bolalar, shuningdek huquqbuzarlik sodir etgan bolalarning huquqlariga oid qoidalarni o‘z ichiga oladi, bolalarga g‘amxo‘rlik qilish va ularni himoya qilishda oila va ota-onaning birinchi darajali roli, bolalarga yordam ko‘rsatish borasidagi majburiyatini tan oladi. Bolalarni kamsitmaslik — Konvensiyaning muhim tamoyillaridan hisoblanadi. Bolalar irqi, tanasining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodi, millim, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati, sog‘lig‘ining ahvoli ota-onasi yoki qonuniy vasiysi yoxud qandaydir boshqa holatlardan qati nazar, biron-bir kamsitishlarsiz o‘z huquqlaridan foydalanishi kerak. Bola huquqlari to‘g‘risida konvensiya 1990-yil 2-sentyabrda kuchga kirgan. Unga O‘zbekiston Respublikasi 1992-yil 9 dekabrda qo‘shilgan. Konvensiyani ratifikatsiya qilgan yoki unga qo‘shilgan davlatlar uni bajarish yuzasidan tadbirlar bo‘yicha Bola huquqlari qo‘mitasiga muntazam ravishda milliy ma’ruzalar yuborib turadi. O‘zbekiston Respublikasida ushbu Konvensiyani bajarish bo‘yicha birinchi milliy ma’ruza 1997-yilda tayyorlandi.
   Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mita 18 mustaqil ekspertdan iborat organ bo‘lib, ishtirokchi–davlatlar tomonidan Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaning bajarilishini nazorat qiladi. Qo‘mita, shuningdek, Bolalarni qurolli mojarolarga jalb qilish va Bolalarni sotish, bolalar fohishaligi va bolalar pornografiyasi to‘g‘risidagi Konvensiyaning uchta Fakultativ Protokollarining bajarilishini nazorat qiladi. Barcha ishtirokchi-davlatlar konvensiya qoidalarini amalga oshirilishi bo‘yicha Qo‘mitaga muntazam ravishda hisobot berib boradilar. Ishtirokchi-davlatlar Konvensiyaga qo‘shilganidan keyin ikki yil o‘tgach, dastlabki hisobotlarni, so‘ngra har besh yilda bir marta davriy hisobotlarni taqdim etishlari shart. Qo‘mita taqdim etilgan har bir hisobotni o‘rganib chiqib, ishtirokchi-davlatga “yakuniy mulohazalar” shaklida o‘z fikr va tavsiyalarini beradi.Qo‘mita, shuningdek, Konvensiyaning birinchi ikkita Fakultativ Protokoliga qo‘shilgan davlatlar tomonidan taqdim etiladigan, bolalarni qurolli mojarolarga jalb qilish va bolalarni sotish, bolalar fohishaligi va bolalar pornografiyasiga oid dastlabki hisobotlarni ko‘rib chiqadi. Bundan tashqari, Qo‘mita ishtirokchi-davlatlar tomonidan Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya va uning ikkita Fakultativ Protokollari buzilganligi haqidagi shaxsiy shikoyatlarni hamda Konvensiya va uning uchta Fakultativ Protokollarida mustahkamlangan huquqlarning jiddiy va muntazam ravishda buzilishi holatlari bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazishi mumkin. Qo‘mita Jenevada yiliga uch marta majlis o‘tkazadi, bu uch haftalik yalpi majlis va bir haftalik ishchi guruhning dastlabki sessiyasini o‘z ichiga oladi. 2021 yil dekabr holatiga ko‘ra Konvensiyada 196 ta davlat ishtirok etmoqda.O‘zbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyaga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 9-dekabrdagi 757-757-XII-sonli “Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shilish haqida”gi qaroriga muvofiq qo‘shilgan. Konvensiya O‘zbekiston Respublikasi uchun 1994 yil 29 iyuldan kuchga kirgan.O‘zbekiston Respublikasi 2008 yil 11 dekabrda Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga doir bolalar savdosi, bolalar fohishabozligi va bolalar pornografiyasiga taalluqli Fakultativ protokolni, 2008 yil 12 dekabrda Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga doir, bolalarning qurolli mojarolarda ishtirokiga taalluqli Fakultativ protokolni ratifikatsiya qilgan.“Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya” qoidalarining bajarilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining 1999 yilda dastlabki, 2005 yilda ikkinchi davriy, 2010 yilda uchinchi va to‘rtinchi davriy, 2019 yilda beshinchi davriy hisobotlari BMTning bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasiga topshirilgan.

B. Madaminov - 
Andijon shahar Adliya bo‘limi 
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi 
bosh yuristkonsulti.










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:



Маълумот