"Xalqaro qizlar kuni"ga bag‘ishlangan tadbir


      Gul o‘ssa — yerning ko‘rki, kiz o‘ssa — elning ko‘rki, deydi dono xalqimiz. Oilada qiz farzand dunyoga keldimi, otaga mehribon, onaga suyanchiq, millat ertasini davom ettiruvchi bo‘ladi. deya quvonamiz. Oylar ketidan oylar, yillar ketidan yillar o‘tib borar ekan, har bir ota-ona bo‘yga yetayotgan qizining ertangi kuni uchun zamin hozirlab boradi. Eng avvalo, qizni ilmli va ma’rifatli qilib kamolga yetkazish ota-onaning oldida turgan eng birinchi vazifadir.
     Bu borada yurtimizda ham millat davomchilari bo‘lmish qizlarni ma’rifatli qilib voyaga yetkazish masalasiga alohida e’tibor qaratilayotgani, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 martdagi "Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlarida qizlarni har tomonlama yetuk, yuksak axloqli, bilimli va milliy kadriyatlarga hamda ona Vatanga sodiq farzandlar qilib tarbiyalash vazifasi belgilab berilgan. Lekin dunyoning hamma nuqtalarida ham ahvol bir xilmikan, degan savol tug‘iladi.
     Hammamizga ma’lumki, BMT Bosh Assambleyasining 2011 yil 10 dekabrdagi rezolyutsiyasiga asosan, 11 oktyabr "Xalqaro qizlar kuni” deb e’lon qilingan.
     BMTga a’zo davlatlar, xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyatining turli tuzilmalariga ushbu kunni keng miqyosda nishonlash, shuningdek butun dunyoda qizlarning hayot tarzi, yashash sharoitlari, huquq va erkinliklari bilan bog‘liq holatlarni o‘rganish tavsiya etiladi.
   Bu sana har yili butun jahon bo‘yicha qizlarning kamsitilishi, ularning ijtimoiy muammolariga e’tibor qaratish maqsadida nishonlanib kelinmoqda.
     Shu munosabat bilan Toshkent shahar, Shayxontohur tuman MMTB tasarrufidagi 186-sonli o‘rta ta’lim maktabida «Sening tashabbusing -  sening kelajaging uchun!» shiori ostida «Balli, qizlar» musobaqasi o‘tkazildi. 
   Unda maktab direktori - Azizaxon Imomxo‘jayeva, XQQBT raisi - Hidoyatxon Nurmuxamedova, texnologiya fani o‘qituvchisi - Vasila Xasanova boshchiligida maktab kutubxonachisi - K. Mamarazzoqova, maktab psixologi - F. Madaminova, OAV vakili sifatida "Saodat" jurnali xodimi - Muzaffar Muhammadnazar, «Qizlarjon» to‘garak ishtirokchilari, sinf rahbarlari, ota-onalar ishtirok etishdi.
     Tadbirda Hidoyat Nurmuhamedova Prezidentning ta’lim sohasida qizlarga, ayollarga berilayotgan imkoniyatlar xususida alohida to‘xtalib o‘tib, yurtboshi so‘zlaridan iqtibos keltirdi va yurtimizda qilinayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi. Xususan, "Oilada o‘g‘il bola oliy ma’lumotli bo‘lsa, oila bilimli bo‘ladi, Qiz bola oliy ma’lumotli bo‘lsa, butun boshli jamiyat bilimli bo‘ladi", - degan so‘zlarni keltirib o‘tdi.   
     Musobaqada maktabning 8 «V » sinfi qizlari -«Tumaris izdoshlari» , 8 «G» sinfidan «Zulfiyaxonim izdoshlari» guruhlari quyidagi shartlar bo‘yicha bellashishdi:
1 - san’at, she’rxonlik, nutq san’ati; 
3 - AKT savodxonligi;
4 - Kitobxonlik;
5 - O‘quvchi qizlarni kasb-hunarga yo‘naltirish.
   «Zulfiyaxonim izdoshlari» qizlari «Zukko qiz» naminatsiya, «To‘maris izdoshlari» «Pazanda qiz» yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib deb topildi va ularga esdalik sovg‘alari hamda "Faxriy yorliq" topshirildi.
     Millat davomchisi bo‘lmish qizlarni ma’rifatli, ziyoli va onalik maqomiga munosib qilib voyaga yetkazish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Bugunga qadar ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
   "Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda ham yuqoridagi vazifalar ustuvor qilib belgilandi. Tadbir avvalida qizlarni madh etuvchi, ularning ijtimoiy faolligini oshiruvchi ijtimoiy rolik namoyish etildi.
  Mazkur tadbir orqali yosh qizlar, ayollar masalasi, ularning salomatligini yaxshilash, ta’lim olishiga shart-sharoitlar yaratish, ijtimoiy muammolarini hal etishga ko‘maklashish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani quvonarli hol ekanligini va bu borada o‘quvchi qizlarning faolligi ham muhim bosqich ekanligini turli hayotiy misollar orqali yetkazish nazarda tutilgan. Ayniqsa, qizlarning ta’lim olishida to‘siq bo‘layotgan masalalarni hal qilish, yosh qizlarning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallagan, milliy qadriyatlarni ardoqlovchi shaxslar qilib tarbiyalash dolzarb vazifa ekanligiga alohida e’tibor qaratildi.
    Eng muhimi, ishtirokchi qizlar farovon jamiyatni qurishda yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega tashabbuskor, shijoatli, el-yurt manfaati yo‘lida bor kuch-g‘ayrati, bilim va salohiyatini safarbar qiladigan, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir qizlar juda kerakli ekanligini yana bir bor teran anglashlari zarur.
  Tadbir o‘quvchi qizlarning qiziqishlarini yanada rag‘batlantirish, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, tengdoshlari o‘rtasida hamkorlik va tashabbuskorlik muhitini yaratish borasida ahamiyatli bo‘lishi lozim.
   Shuningdek, maktab qizlari o‘rtasida o‘zaro do‘stlik, hamfikrlik, bir-biriga daxldorlik munosabatlarini shakllantirishdagi o‘rni haqida ma’lumotlar berildi.
      Tadbir doirasida ijodkor qizlar tomonidan qo‘shiq va raqslar hamda she’rlar ijro etildi.

Hidoyatxon NURMUHAMЕDOVA - 186-maktabning XQQBT raisi.
Muzaffar MUHAMMADNAZAR fotolari.










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:



Маълумот