Meros mulkni nizosiz bo‘lish mumkinmi?


   Xususiy mulk egasining vafotidan keyin undan qolgan mol-mulk taqdirini belgilash, uni kimning egaligiga berish masalasiga o‘tgan barcha davrda hal qilinishi lozim bo‘lgan muhim masala sifatida qaralib, turli yo‘llar bilan hal qilib kelingan.
   O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida mulk egasining vafotidan keyin uning barcha mol-mulki uning vorislariga o‘tishiga doir qonun normalari mustahkamlandi.
   O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 66-moddasida mulkdorning o‘z mulkiga o‘z xohishicha egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf qilish huquqi mustahkamlangan.
   Mulkdor o‘zining yuqorida qayd etilgan mulkka nisbatan barcha huquqlaridan hayotlik chog‘ida bevosita foydalanadi. Shuningdek, o‘zi hayotlik chog‘ida o‘z mulkining vafotidan keyingi taqdirini vasiyatnoma qoldirish orqali oldindan belgilaydi.
   Amaldagi qonun normalarida, mulk egasining vafotidan keyin uning barcha mol-mulki uning vorislariga qonun bo‘yicha va vasiyatnoma bo‘yicha o‘tishi belgilab qo‘yilgan.
    Vasiyatnoma qoldirilmagan hollarda ayni bir mulkni merosxo‘rlar o‘rtasida taqsimlash bilan bog‘liq nizolar kelib chiqishi tabiiy.
    Meros bilan bog‘liq nizolar, asosan, qon-qarindosh bo‘lgan ota (ona) va farzandlar,aka-uka,opa-singil vorislar o‘rtasida yuzaga keladi va bunga asosan ularning amaldagi qonun normalarini bilmasligi va biri boshqasining huquqini tan olmasligi sabab bo‘ladi.
   Meros mulkini taqsimlashda vorislar o‘zaro kelishganlari eng maqbul yechim hisoblanadi. Chunki, nizolashish (sud tomonidan qonuniy yechim topilgan taqdirda ham) vorislar o‘rtasidagi o‘zaro yaqinlik munosabatlariga, mehr-oqibatga putur yetkazadi. 
   Jamiyatimiz insonlar o‘rtasida sog‘lom munosabatlar qaror topishi, ularning bir-biriga munosabatlari yaxshi bo‘lishidan manfaatdordir. Zero, sog‘lom munosabat, sog‘lom oilalar jamiyat negizini tashkil etadi. 
 
A. G‘ulomjonov - 
Andijon viloyat, Oltinko‘l tumanda 
Xususiy amaliyot bilan
shug‘ullanuvchi notarius stajyori.










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:



Маълумот