Adliya organlari va muassasalarining mas’uliyati yanada oshirildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq 
Adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirildi

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 may kuni “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-son Farmoni qabul qilindi.
   Mazkur Farmonga ko‘ra, quyidagilar adliya organlarining qo‘shimcha faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi:

🔹aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rib borish;
🔹joylarda aniqlangan tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish;
🔹fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish va muvofiqlashtirib borish;
🔹davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirishda ularga metodik yordam ko‘rsatib boriladi. 

    Farmonga ko‘ra, Adliya organlari faoliyatini hududlarda samarali tashkil etish hamda huquqiy xizmatlar qamrovini yanada oshirish maqsadida tuman (shahar) adliya bo‘limlariga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatildi:

➖joylarda aholi tomonidan ko‘tarilayotgan dolzarb muammolarni ko‘rib chiqish va hal etish uchun har oyda mahallalarda “Adliya kuni” tadbirlarini o‘tkazish. 

   ❕Bunda olis hududlardagi mahallalarda har oyda kamida ikki marotaba sayyor davlat xizmatlarini ko‘rsatib borish;

➖uyma-uy yurish va “Huquqiy ko‘mak” aksiyalarini o‘tkazish orqali fuqarolar kundalik hayotida aniqlanadigan huquqiy muammolarni bartaraf etish yuzasidan qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
➖“mahalla yettiligi”ga qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini oddiy va xalqchil tilda yetkazish, shuningdek ular tomonidan “Online-mahalla” platformasiga kiritilgan aholining kundalik hayotidagi huquqiy masalalarga oid muammolarini hal etib borish;
➖aholiga, avvalambor “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatilishini ta’minlash;
➖yoshlar, xotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik subyektlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, subsidiyalar, grantlar va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlari hamda ulardan foydalanish tartibi haqida xabardor qilish;
➖davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) bo‘linmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirishda ularga metodik yordam ko‘rsatib borish.

   Farmonga muvofiq, 2024 yil 1 iyuldan fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatishning quyidagi tartibi joriy qilinadi:

🔹Adliya vazirligi tomonidan “Madad” NNT bilan hamkorlikda respublikaning barcha tuman va shaharlaridagi davlat xizmatlari markazlarida “Madad” NNTning huquqiy maslahat byurolari bosqichma-bosqich tashkil qilinadi;
🔹huquqiy maslahat byurolari tomonidan aholiga bepul huquqiy maslahatlar beriladi, shuningdek nizolarni sudgacha va sud orqali hal etishda zarur bo‘ladigan protsessual hujjatlarni tayyorlashda koʻmaklashiladi.

   🔰 Farmonga ko‘ra, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, qonunchilik hujjatlarini ijrochilarga yetkazish hamda ularning mohiyati va ahamiyatini aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari samaradorligini oshirish maqsadida:

🔘 fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida “Mahalla huquqshunosi” loyihasi amalga oshirilib, loyiha doirasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari raislarining huquqiy bilim va ko‘nikmalarini uzluksiz oshirib borishga qaratilgan qisqa muddatli bepul o‘quv kurslari tashkil etiladi;

🔘 maktablarda 2024/2025 o‘quv yilidan:

🔸Adliya vazirligining maxsus elektron platformasi orqali huquq fani o‘qituvchilarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini uzluksiz oshirib borish hamda ularni metodik ta’minlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
🔸o‘quvchilar o‘rtasida “Huquq bilimdoni” fan olimpiadasi, huquq fani o‘qituvchilari o‘rtasida “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazib boriladi;
🔸maktab o‘quvchilarining huquqiy bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishiga qaratilgan ko‘rgazmali o‘quv qo‘llanmalari, videoroliklar, kompyuter o‘yinlari va mobil ilovalar yaratiladi.

    🗓 Farmonga muvofiq, 2024 yil 1 iyundan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazishning yangi tartibi joriy qilinadi.

▶️ Bunda:

🔹Adliya vazirligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining faoliyat yo‘nalishlaridan kelib chiqib huquqiy targ‘ibot materiallari tayyorlanadi hamda ularning eng quyi bo‘g‘inigacha Yagona huquqiy axborot almashish tizimi orqali yuboriladi;
🔹davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy axborotni yetkazishga oid faoliyati raqamlashtiriladi va huquqiy targ‘ibotning innovatsion usullari keng tatbiq etiladi;
🔹davlat organlari va tashkilotlarida o‘z faoliyati sohasiga oid huquqiy axborotlarni aholiga yetkazish faoliyatini tashkil qilish hamda muvofiqlashtirishga mas’ul bo‘linmalar belgilanadi;
🔹davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish darajasi va sifati ular faoliyatining samaradorligini baholash mezonlaridan biri hisoblanadi.

   🔰Farmonga ko‘ra, mahallalarda haftaning har chorshanba kuni huquqiy targ‘ibot kuni etib belgilandi.

✔️ Huquqiy targ‘ibot kunida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:

➖“Online-mahalla” platformasiga kiritilgan va joylarda aniqlangan muammolarning huquqiy yechimlariga qaratilgan manzilli huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish;
➖aholi uchun eng dolzarb masalalarni aniqlash orqali ular yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berish;
➖ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari uchun imtiyozlar va moddiy yordam berish, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik ish bilan ta’minlash, ijtimoiy yordam olish tartibi bo‘yicha tizimli huquqiy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish;
➖kundalik hayotda eng ko‘p zarur bo‘ladigan davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi hamda ulardan YIDXP (my.gov.uz) va boshqa elektron resurslar orqali foydalanishning afzalliklari to‘g‘risida huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish.
🔰Farmonga ko‘ra, yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda ularning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirishga qaratilgan “Mamlakat kelajagi – qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan” g‘oyasi asosida adliya organlari va muassasalari, shu jumladan Toshkent davlat yuridik universiteti va yuridik texnikumlar quyidagilarga mas’ul hisoblanadi:
🔹yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish, ularda qonunlarga hurmat, mamlakat taqdiriga daxldorlik hamda vatanparvarlik hissini kuchaytirishga qaratilgan kompleks huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilishga;
🔹adliya organlari va muassasalariga yoshlarning tashrifini tashkil qilish orqali “Tengdoshimga huquqiy yordam” tadbirlarini o‘tkazib borishga;
🔹huquqshunoslik kasbining obro‘si va nufuzini oshirish, yoshlarda ushbu kasbga nisbatan hurmat va faxr tuyg‘ularini shakllantirish, ularni huquqiy bilim olishga qiziqtirish bo‘yicha amaliy tadbirlarni tashkil qilishga;
🔹yoshlarning huquqiy bilimlarini yuksaltirishga qaratilgan onlayn huquqiy savodxonlik maktabini tashkil etish va u orqali bepul huquqiy o‘quv kurslarini joriy etishga;
🔹ta’lim muassasalarida “Huquqiy bilimlar oyligi”ni o‘tkazib borish va yoshlarning huquqiy bilim olishlarini rag‘batlantirishga qaratilgan turli huquqiy mavzulardagi seminar-treninglar va tanlovlarni tashkil qilishga.

   🔰Farmonga muvofiq, Adliya vazirligi davlat organlari va tashkilotlarida huquqni qo‘llashni metodik ta’minlash bo‘yicha vakolatli organ etib belgilandi.

🗓 Har yili huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va metodik ta’minlash bo‘yicha manzilli va tematik tahliliy o‘rganishlar dasturi ishlab chiqiladi hamda amalga oshiriladi. 

🔘Bunda:

🔹2024 yil 1 sentyabrgacha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Jizzax viloyati Do‘stlik tumani hokimligi hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida namunali huquqni qo‘llash tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Keyinchalik, har yili kamida 10 ta vazirlik va idoralarning huquqni qo‘llash faoliyati tahlil qilinib, takomillashtirib boriladi;

🔹huquqni qo‘llash amaliyotida uchrayotgan tizimli muammolarni bartaraf etish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqilib, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi (Lex.uz)ga joylashtirib boriladi.

🔰Farmonga muvofiq, aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:

🗓2024 yil 1 iyuldan:

🔹Mobile-ID tizimida fuqarolarni identifikatsiya qilish ularning xohishiga ko‘ra ID-karta va xorijga chiqish biometrik pasportini davlat xizmatlari markazlari orqali rasmiylashtirish jarayonida kompozit shaklda amalga oshiriladi;
🔹avval davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma berilgan yoki huquqni belgilovchi hujjatga ustxat yozish yo‘li bilan tasdiqlangan) va hozir ham amalda bo‘lgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron tarzda davlat reyestriga kiritish va bu haqida davlat reyestridan ko‘chirma berish bepul amalga oshiriladi;
🔹noturar joylarni boshqa shaxsga o‘tkazishga oid bitimlarni rasmiylashtirish bitim tomonlari davlat xizmatlari markaziga kelgan va ularning shaxsi markaz xodimi tomonidan aniqlashtirilgan holda amalga oshiriladi hamda rasmiylashtirilgan bitim bir vaqtning o‘zida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun kadastr organlariga yuboriladi;

📆 2024 yil yakuniga qadar:

🔸davlat xizmatlarini ko‘rsatishda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) usuli joriy qilinadi; 

❕Bunda, fuqarolar tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish talab etilmaydi.

🔸fuqarolar tomonidan davlat xizmatlari markazlari hamda notarial idoralar orqali Mobile-ID tizimida identifikatsiya va qayta identifikatsiyadan o‘tish bepul asosda amalga oshiriladi.

🔰Farmonga ko‘ra, yuridik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

🔸maktablarda “Huquq sinfi” va huquq fanlari chuqurlashtirilgan holda o‘qitilishini tashkil etish orqali yuridik kadrlarni tayyorlashda “maktab – litsey – texnikum – universitet” tizimini joriy etish;
🔸Namangan va Samarqand viloyatlari yuridik texnikumlari negizida Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseylarini tashkil qilish hamda ularning iqtidorli bitiruvchilarini “yurisprudensiya” yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalariga suhbat asosida test sinovlarisiz qabul qilish.

✅ Quyidagi institutlar tashkil etiladi:

➖Adliya vazirligi huzurida Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti;
➖Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti.

🔰Farmonga ko‘ra, aholi va tadbirkorlik subyektlarining intellektual mulk sohasidagi huquqlarini himoya qilish maqsadida:

🔘2024 yil 1 iyuldan:

🔹elektron hisoblash mashinalari uchun dastur va ma’lumotlar bazalarini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomalarni davlat xizmatlari markazlari va YIDXP (my.gov.uz) orqali topshirish imkoniyati yaratiladi;
🔹intellektual mulk obyekti ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi QR-kod bilan muhofazalangan elektron hujjat berish tartibi joriy etiladi.

✅ Shuningdek, Adliya vazirligiga quyidagi huquqlar berildi:

🔸intellektual mulk to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilishi holatlari yuzasidan belgilangan tartibda xulosa berish;
🔸kontrafakt mahsulotlarni yashirin ishlab chiqarish holatlarini aniqlash bo‘yicha maxsus vakolatli organlar bilan hamkorlikda tadbirlar o‘tkazish va aniqlangan kontrafakt mahsulotlarni olib qo‘yish va yo‘q qilish;
🔸intellektual mulk sohasidagi qonun buzilishi holatlari yuzasidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshirishlarni vakolatli organni xabardor qilish tartibida amalga oshirish.

🔰Farmonga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvardan jismoniy shaxslarning fuqarolik holati hamda ularning shaxsiga doir boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi Aholining yagona elektron reyestri joriy etiladi.

📝 Aholining yagona elektron reyestri:

🔹O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning shaxsga doir ma’lumotlari yagona elektron bazasi hisoblanadi;
🔹tegishli davlat organlari va tashkilotlarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilinadi hamda fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish, notarial harakatlarni rasmiylashtirish, bank, kommunal, sug‘urta va boshqa ommaviy xizmatlarni ko‘rsatishda ushbu reyestrdan foydalaniladi;
🔹Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi tomonidan yuritiladi.

🔰Farmonga ko‘ra, 2024 yil 1 iyuldan 2026 yil 1 iyulgacha huquqiy eksperiment tariqasida Toshkent shahrida qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy hujjatlarni sudgacha ko‘rib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi.

📁Huquqiy eksperiment doirasida:

🔸Adliya vazirligi huzurida Oliy apellyatsiya kengashi va Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzurida Apellyatsiya kengashi tashkil qilinadi;
🔸apellyatsiya kengashlari ma’muriy organlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi ma’muriy hujjatlarini sudgacha ko‘rib chiqish natijasida ushbu hujjatlarni o‘zgartirish, qisman yoki to‘liq bekor qilish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi, bundan qonunchilikka muvofiq faqat sud tartibida bekor qilinadigan yoki o‘zgartiriladigan hujjatlar mustasno;
🔸ma’muriy organlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi ma’muriy hujjatlarini apellyatsiya kengashlari tomonidan ko‘rib chiqish manfaatdor shaxslarning shikoyatlari hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatishni monitoring qilish natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi;
🔸apellyatsiya kengashlarining qarorlari “E-qaror” elektron tizimida e’lon qilib boriladi, shuningdek, ma’muriy shikoyat bo‘yicha ma’muriy ish yurituvi ishtirokchilariga belgilangan tartibda ma’lum qilinadi va ma’muriy organlar tomonidan ularning bajarilishi majburiy hisoblanadi;
🔸apellyatsiya kengashlarining qarorlari yuzasidan manfaatdor shaxs tomonidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin, ma’muriy organlar uchun mazkur qarorlar qat’iy hisoblanadi va ularning ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas.

Raupov Azizbek Sattarovich -
Andijon shahar adliya bo‘limi boshlig‘i 
1-darajali yurist.
 
Atabayeva Shoira Amanullayevna - 
Andijon shahar adliya bo‘limi davlat xizmatlari 
markazi direktori, 2-darajali yurist v.b: (vazifasini vaqtincha bajaruvchi).










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:



Маълумот