«E-auksion shop» elektron savdo do‘koni


«E-auksion shop» elektron savdo do‘koni haqida qaror qabul qilindi.
 
     O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (526-son, 04.10.2023 y.) bilan “Davlat daromadiga olingan mol-mulklarni soddalashtirilgan auksion tamoyillari asosida “E-auksion shop” elektron savdo do‘koni orqali sotish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
   🔰 Nizom bilan davlat daromadiga olingan mol-mulklarni (oziq-ovqat mahsulotlari, avtomototransport, ko‘chmas mulk va qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa mulkiy huquqlar bundan mustasno) soddalashtirilgan auksion tamoyillari asosida “E-auksion shop” elektron savdo do‘koni orqali sotish tartibi belgilandi.
   ✅ Savdoda ishtirok etish uchun buyurtmachi (Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi va uning hududiy tuzilmalari tomonidan tanlab olingan savdo tashkilotlari hamda “Bojxona-servis” davlat muassasasi yoki uning hududiy bo‘limlari) va ishtirokchi savdo platformasida ro‘yxatdan o‘tadi.
   ▶️ Savdoda ishtirok etish uchun zakalat puli mol-mulk boshlang‘ich narxining 5 foizi miqdorida belgilanadi va tegishli miqdordagi mablag‘ operatorning (elektron do‘konda elektron onlayn-savdoni tashkil etish va o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ) bank hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
   📝 Buyurtmachi operator bilan elektron do‘konda savdolar o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish yuzasidan savdo platformasi orqali shartnoma tuzadi.
   ⏰ Savdo xabarnoma elektron do‘konda e’lon qilingan kundan keyingi ish kuni soat 10:00 da boshlanadi va besh ish kuni davomida, oxirgi ish kuni soat 18:00 ga qadar o‘tkaziladi.
   📁 Ishtirokchilarning savdoda ishtirok etish bo‘yicha arizalari elektron do‘konda xabarnoma joylashtirilgan kundan savdo yakunlangunga qadar avtomatik tarzda qabul qilinadi.
   🔘 Savdo qadami: 
    🔹 birinchi to‘rtta qadamda - savdo ob’ekti boshlang‘ich narxining 5 foizi miqdorida;
    🔹 beshinchi va undan keyingi qadamlarda - savdo ob’ekti boshlang‘ich narxining 3 foizi miqdorida belgilanadi.
   📌 Boshlang‘ich narxi xabarnoma joylashtirish paytida BHMning ikki ming baravaridan yuqori bo‘lgan savdo ob’ekti realizatsiya qilingan taqdirda, savdoning barcha qadami, savdo ob’ekti boshlang‘ich narxining 2 foizi miqdorida belgilanadi.
   📦 Dastlabki savdo o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarnoma joylashtirilgan vaqtdan 30 kalendar kun davomida savdo ob’ekti sotilmasa, avtomatik tarzda savdo ob’ekti buyurtmachiga qaytariladi.
   📈 Savdo ob’ekti dastlabki savdo o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarnoma joylashtirilgan vaqtdan 2 oy mobaynida sotilmagan taqdirda, buyurtmachi Byuro bilan kelishilgan holda savdo ob’ektining boshlang‘ich narxini bosqichma-bosqich, lekin boshlang‘ich narxining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorgacha pasaytirgan holda takroriy savdolarni tashkil etishi mumkin.

   Andijon viloyat, Izboskan tuman Adliya bo‘limi bosh maslahatchisi:  A. Toshxo‘jazoda.










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:


Маълумот