Oilaviy tadbirkorlik uchun qoʻshimcha kreditlar


Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qoʻshimcha kreditlar ajratiladi

     Vazirlar Mahkamasining 19.04.2023 yildagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar ajratishni takomillashtirish hamda aholining doimiy daromad manbalarini koʻpaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 161-son qarori qabul qilindi.
    Prezidentning “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023 yil 31 yanvardagi PQ-39-son qaroriga muvofiq 2023 yilda:
- dasturlar doirasida 2,8 trln soʻm kredit mablagʻlari “Mikrokreditbank” ATB, AT “Xalq banki” va “Agrobank” ATBning oʻz resurslari hisobidan ajratiladi;
- kreditlarni yillik 14 foiz stavkada ajratish tartibi saqlab qolinadi.
   Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan aholi tomorqalaridan samarali foydalanish uchun mikrokreditlar miqdori 3 mln soʻmgacha oshiriladi. Ushbu mikrokreditlar Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali ajratiladi.
    Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tijorat banklari bilan birgalikda ajratilgan kreditlarning belgilangan muddatlarda soʻndirilishi uchun javobgar hisoblanadi.
 
     Ahmadjon Yunusov - Andijon viloyat, Andijon tuman Adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazining direktori.










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:


Маълумот