Ko‘rsatuv qahramoni obrazi haqida muallif tasavvurining shakllanishi


Nilufar UMRZOQOVA

Ko‘rsatuv qahramoni obrazi haqida muallif tasavvurining shakllanishi
    
     Ta’kidlash lozimki, audiovizual va ekran obrazi – televizion obrazga qaraganda kengroq tushuncha; real voqelikning audiovizual namoyishi teleekran ramkasi bilan chegaralanadi; ya’ni tafakkur qilish imkoniyati cheklanib, kadr ortidagi  voqelik taqdim etilayotgan mahsulotning xususiyatlari va mazmuniga ta’sir qila olmaydi, shunda ovozli-vizual ekran obrazi televizion asarning elementiga aylanadi va uning  bir bo‘lagi sifatida qabul qilinadi.  Binobarin, ko‘rsatuvda teleloyiha muallifi muhim rol o‘ynaydi; shunga asoslanib ekran obrazini muallif tomonidan voqelikni individual idrok etish va talqin qilish asosida audiovizual shaklda aks ettirilgan yoki yaratilgan televizion asarning g‘oyaviy, estetik, mantiqiy va syujet tuzilishining alohida elementi yoki ajralmas tizimi sifatida tushunishni taklif qilamiz. 
     Muayyan shaxsning badiiy modelini yaratayotgan yozuvchi zamondoshining voqelik bilan aloqalarini, unga bo‘lgan munosabatini ochib berishga harakat qiladi. Odatda, ko‘rsatuvda jurnalist hayotdan olingan qahramon obraziga tayanadi. Buning uchun muallifning nuqtai nazari, televizion asarda  yoritiladigan shaxs haqidagi g‘oyasi talab qilinadi. Dastur muallifi ko‘rsatuvni  qahramoni haqidagi shu kungacha aytilmagan, lekin tasdiqlangan  dalillar va fikrlar bilan to‘ldirishi kerak. Bu yerda, aynan ko‘rsatuvdagi jurnalistning mualliflik nuqtai nazari qahramon obrazi konsepsiyasini anglashga xizmat qiladi. 
    Tadqiqotchilar voqelik-muallifi va muallif-rassomni bir-biridan ayro ko‘rsatadilar. A. Tertichniy ocherkda reportaj va tadqiqot tamoyillari mavjudligi sabab, muallif – rassom va muallif – mutafakkir to‘qnashuvi mumkinligini yozadi04.01.2023. Portret – reportajda ham shunday elementlar mavjud. Shu bois teleloyiha yaratuvchilarning ikki turi – voqelik – muallifi va muallif – rassom xususiyatlarini ko‘rib chiqishni maqsadga muvofiq deb, hisoblaymiz. 
     Voqelik – muallifi – voqea va qahramonlar obrazini yaratishda aniq ma’lumotlarga asoslangan va foydalanadigan jurnalist. U davr o‘zgarishiga qaramay fantaziyalarga berilmasligi, sharoit va qahramonlarni ortiqcha to‘qimalar asosida qo‘shib yozishi mumkin emas. 
     «Rossiya 24»  telekanalidagi Yangiliklar dasturida Chelyabinskdagi maktablardan biridagi 7-sinf o‘quvchisini, maktabni qanday sudga berganligi haqidagi lavha efirga uzatildi. 14 yoshli o‘smir o‘z qadrini, unga qo‘yilgan: “tajovuzkor”, “sadistlikka moyil”, “maktabdan haydalishga loyiq” degan tashhislardan himoya qilish uchun shunday qarorga keladi. Tashqaridagi ma’lumotlar asosida faktlarni taqdim etgan muallif, xulosa chiqarishni tomoshabinning o‘ziga qoldiradi. U faqat mumkin bo‘lgan quyidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashgan: «Maktabda o‘smir va uning oilasini anchadan beri muhokama qilayotgan edilar. Yopiq sinfda, guvohlarsiz va oqlovchilarsiz. Bu shunday sud ediki, uning qoidalariga ko‘ra baholashga va hukm chiqarishga hech kim haqli emas»30.08.2021. Bo‘layotgan vaziyatdan kelib chiqqan jurnalist alohida faktlarga tayanishga harakat qiladi. Voqelikning hujjatliligi muallif tomonidan qo‘yidagi iboralar orqali tasdiqlangan: «Men ko‘rdim», «o‘rgandim», «guvohi bo‘ldim», «ishtirokchi edim» va h.k. Shu asnoda jurnalist notarius kabi o‘z matnini tasdiqlaydi. Muallif auditoriyaning to‘laqonli vakili sifatida namoyon bo‘ladi, bu qaysidir ma’noda tomoshabinlarni unga yaqinlashtiradi. 
    Muallif – rassom  –   assotsiativ aloqalar va obrazli tasavvurlar zanjiri orqali hujjatli obraz yaratuvchi jurnalist.  Bu holatda jurnalist muayyan qarama-qarshiliklarga duch kelishi mumkin: bir tomondan voqelikning u yoki bu faktlarini aniqroq taqdim etishi, boshqa tomondan qahramonning individual xususiyatlaridan kelib chiqib yangi obraz yaratishi kerak. Shu sabab savol tug‘iladi: obraz voqelikning aniqligiga shubha uyg‘otishi mumkinmi? 
    Ye. P. Proxorov fikriga ko‘ra, « «hujjatlilik» davri publitsistikadagi obrazlilikni inkor etmaydi, lekin o‘ziga xosligini keskin ta’kidlaydi»05.03.2019. Bu o‘ziga xoslik nimada? Birinchidan, muallif ijodiy fantaziya yordamida konkret asar uchun faktlarni tanlab oladi, shu bilan birga hujjatli obraz uchun kerakli detallarni ham saqlab qoladi.  Ikkinchidan, o‘ziga xoslik, shaxsdagi mayda detallar o‘rganilmay, umuminsoniy jihatlar orqali obrazni his qilishdan  iborat. 
    Barcha dalillarni tafakkuridan o‘tkazgan jurnalist, ularni badiiy transformatsiyaga bo‘ysundiradi. Shu ma’noda,  M. M. Baxtin fikriga ko‘ra, muallif «badiiy tasavvurning rasmiy-mazmun markazini tashkil etuvchi shaxsdir». Shu bilan birga, «badiiy tasavvurdagi olam – ma’lum bir shaxsning unga qadrli bo‘lgan muhitidagi tartibli, uyushgan va to‘g‘ri tashkillashtirilgan dunyo:   uning atrofidagi  barcha munosabatlar – tasavvufiy, vaqtinchalik va semantik olam,  qanday qilib badiiy ahamiyatga ega bo‘lishini ko‘ramiz»3.02.2021. Muallifning qarashlari tufayli tomoshabin, ehtimol, kundalik hayotda hech qachon e’tibor bermaydigan voqeaning mohiyatiga kirib borishi va u yoki bu hodisaning  tafsilotlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishi mumkin. 
    Muallifning ko‘rsatuvning bosh qahramoni obrazi haqidagi qarashlarining shakllanishi individual mezonlar hamda qarama-karshiliklarga asoslanishi mumkin. Ye.V. Zelenina va T.V. Poretskaya «Russkiy reporter» jurnalining mediaqahramonini kontent – tahlil qilishda obraz yaratish uchun quyidagi mezonlarni aniqladilar: nomi, janri, jinsi va yoshi, kasbiy faoliyati, ijtimoiy holati (oddiy fuqaro, o‘rta sinf vakili, oqsuyak), muallif munosabati, qahramonning tashqi qiyofasi, fe’l-atvori, atrof-muhiti (shartlari), portreti3.10.2022.
    Muallif tafakkuridagi qahramon obrazini quyidagi mezonlarga ko‘ra ham tasniflash mumkin: etnik, submadaniyat, kasbiy, gender yoki ijtimoiy qatlamga mansubligi bo‘yicha. Lekin shu bilan birga, muallif o‘z qahramoni va tomoshabin o‘rtasidagi farqni ta’kidlab, materialni taqdim etishda u bilan bog‘liq har qanday stereotipdan voz kechadi. 
    Mazkur mavzu asosida mualliflik taktikasiga murojaat qilamiz. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, muallif – rassom dunyoga o‘zgacha boqadi. U o‘z qahramonini epitet, metafora, metanomiya, sintaktik parallelizm, gradatsiya va boshqa ifodali vositalardan foydalangan holda obrazli taqdim etishni biladi. Shuning uchun ko‘rsatuvdagi muallif – rassom ijodi kontekstidagi qahramon obrazi yaratilishini quyidagi mezonlarga asosan ko‘rib chiqishni maqsadga muvofiq deb bildik: atrof-muhit namoyishi; qahramonni o‘zini o‘zi ta’riflashi; qahramonni boshqa qahramonlar tomonidan tavsiflanishi; qahramon obrazi uyg‘otadigan his-tuyg‘ular, qahramonning jurnalist bilan munosabati.
    «O‘zbekiston» telekanalidagi «O‘zgacha hayot» ko‘rsatuvini misol keltiramiz. Ko‘rsatuvlardan birida poytaxtdagi «Taskin» bolalar xospisi shifokori Valijon Alimov haqida so‘z boradi10.10. Matnlar uyg‘unligidagi kadrlar dastur bosh qahramoni faoliyatini mohiyatan ochib beradi, bu esa o‘z navbatida qahramonning o‘zi o‘z obrazini yaratishiga yordam beradi.   
    Ko‘rsatuvning  ilk kadrlaridanoq ijodkorlar maxsus atmosferani yaratib,  bu muhitga bosh qahramonni olib kiradilar: Valijon Alimov bolalar mehr maskanini o‘rab turgan istirohat bog‘i yo‘lagidan yurmoqda. Bu vaqtda bog‘ fayzsiz, shamol esar, shifokorning sochlari va oq xalati tabiat kayfiyatiga monand hilpirar edi. Ko‘rsatuvda shamol esishi tasodif emas, chunki ijodkorlar ko‘zi bo‘lmish kamera obyektivi keyingi daqiqalarda auditoriyani xospisning o‘zi bilan tanishtiradi.  
    Binodagi noodatiy sukunat, koridor va xonalarning ozodaligi shinam muhitni yaratib, qulay uy xonalarini eslatadi. « – Eshik ortida kichik mijoz bor, u bor-yo‘g‘i to‘rt yoshda»,  – deydi bosiq ovoz bilan pichirlab Valijon va bu shunday ohang ediki, go‘yo, hatto ortiqcha qadam bosishlar ham  xonaga o‘rnashib olgan sokinlikni cho‘chitib yuboradigandek.  Mehr maskanidagi muhit va atmosfera shunday yaratilganki – xospisni o‘z qonunlariga ko‘ra o‘ziga xos  «dunyocha» yaratganini his qilish tabiiy, jurnalist va auditoriya uchun maskan yo‘lboshlovchisi bosh qahramondir. 
    Ko‘rsatuvda kameraga hamrohlik qilgan tomoshabin,  odatdagi kasalxona muhitini his qilmaydi. Bu yerda registratura deb nomlanuvchi qabulxona yo‘q, koridorda garderobga ham ko‘zingiz tushmaydi, asosiysi, qo‘rqinchli tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan davolanish xonalari yo‘q. Jurnalistning holat va sharoit bo‘yicha bergan savoliga, bu o‘ylab qilinganiga, shuning uchun maskanda katta zal va rang-barang bezatilgan o‘yin xonalari ham bor, – deb javob beradi ko‘rsatuv qahramoni. Xospis binosining ichki qismi alohida e’tibor bilan kamera obyektivlariga muhrlanib tomoshabinga taqdim etiladi va bu auditoriya tomonidan ijodkorlar kutgan natijani oqlaydi. Bu namoyish etilayotgan kichik dunyo naqadar nozikligini tomoshabin tushunadi. 
    Qahramonning nutqi vazmin va yuqori saviyada taqdim etiladiki, u xospisdagi bu sharoitni mukofotlarga loyiq alohida fidoiylik deb hisoblamaydi, balki shunchaki «yurak amri»  deydi.  
    Bosh qahramon va jurnalist muloqotida o‘zgacha yondashuvni yaqqol kuzatish mumkin.  Masalan, jurnalist va qahramonning qarashlari o‘rtasidagi farqni namoyon etuvchi lavhaga e’tiboringizni qaratamiz. Valijon o‘zini eng baxtli inson deb atasa, muallif hayron bo‘lib: «Ammo siz doim o‘lim bilan yuzma-yuzsiz»  – degan fikriga, «Siz adashasiz. Men hayot uchun kurashaman» , – deb javob bergan. 
    Shuningdek, ko‘rsatuvdan mehr maskani qaramog‘idagi bolalarning yaqinlari va qarindoshlarining bayonotlari ham o‘rin olgan.  Umuminsoniy talablar va etika qoidalariga muvofiq bolajonlarning o‘zlarini ko‘rsatish maqsadga muvofiq emas, degan xulosaga kelishgan. Jajji bemorlar qarindoshlarining hikoyalari o‘ta sodda va oddiy. Ammo nutqdagi qalb mehri va samimiylik  hammasining o‘rnini  to‘ldiradi. Bu oddiy odamlar obrazi va ularning hikoyalari kadr va kadr orti matnining mantiqiy davomi ekanligidan dalolatdir.  
    Dasturdagi televizion hikoyaga  qo‘shimcha ma’lumotlar kiritish uchun muallif voqealar rivoji ketma-ketligini ataylab buzadi. Tomoshabin ba’zan bosh qahramon bilan xonasida uchrashadi,  keyingi daqiqada kadr  u va uning xayollari bilan tabiat qo‘yniga ko‘chadi. Go‘yoki  muallif – rassom tomoshabin ko‘z o‘ngida shoshilib reportaj muhrlangan tasmalarni tahrirlayotgandek. Tez-tez o‘zgarib, voqeadan voqeaga ko‘chuvchi  kadrlar muhim ma’lumotlarni shunday tartib bilan taqdim etadiki, tomoshabin o‘zini aynan shu muhitda ichida yurgandek his qiladi. 
    Ko‘rsatuvda haqiqiy bo‘lmagan, muallif tomonidan to‘qima bo‘lgan obrazlar bor.  Bu shunchaki xronometrajni to‘ldirish uchun emas, balki atrofdagi «dunyoni»  yanada ta’sirliroq ko‘rsatish maqsadida rejaga kiritilgan. Muallifning qahramonni mehribon jin, yordamchilarini esa go‘zal parilar qiyofasida tasvirlashi ko‘rsatuvning emotsional quvvatini oshirib, voqelikning mantiqiy davomini to‘ldiradi. 
    Teleloyihada qahramon dunyoqarashining aks ettirilgan qismi diqqatga sazovordir.  Nima uchun aynan xospisda faoliyat olib boryapsiz, degan savolga, Valijon shunday javob beradi: «Taqdir ekan».  Alloh unga dardlarga malham bo‘lishdek iqtidorni berganini, og‘riqdan azob chekayotgan murg‘ak qalblarga rahmi kelganidan yoki shifokorlik burchi ekanligini aytib bong urmaydi. Ko‘rsatuv qahramonining nutqi juda kamtarona. «Men shifokorman va zarur bo‘lgan joyda bo‘lishim kerak», – deya holatni izohlaydi. Reportajning semantik markazidagi jurnalist va Valijon Umarov suhbatida qahramonning dunyoqarashi maksimal darajada ochib berilgan. U, mehr maskanidagi bolalarni baxtsiz deb hisoblamaydi, balki fikrlarda aksincha ekanligini tushuntirishga urinadi. Faqat ularning hayoti o‘zgacha, deydi. Natijada, muallif qahramon obrazi orqali o‘z g‘oyasini auditoriyaga taqdim etadi. 
    Televideniyedagi efir shakli tushunchasiga ko‘ra, jurnalistik asarda tasvirlangan voqealarning mantiqiy butunligiga ichki tartib bilan birga, tashqi harakat va hodisalarning ketma-ketligi orqali erishish mumkin. Muallif g‘oyasini maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirishda bir vaqtning o‘zida bugun va ertani namoyon eta oladigan ichki, kutilmagan mantiqiy obraz muhim rol o‘ynaydi. 
    Tasvirga olish jarayonlariga qadar, ba’zan  esa jarayonda  shakllangan muallif nuqtai nazari orqali tomoshabin qahramonni aynan shu rakursdan qabul qiladi. Vizual obrazlar voqealar rivojiga qarab qahramonning alohida xususiyatlarini aks ettiradi, lekin aynan muallifning mulohazalari, kadr va kadr orti nutqi qahramonda nafaqat oddiy ishtirokchi, balki o‘ziga xos taqdirga ega individual shaxsni  ko‘rishga imkon beradi. 
    Jurnalist tomonidan to‘g‘ri tanlangan janr shakli va unga xos bo‘lgan ifodali vositalar ham qahramon obrazini  auditoriya ongiga samarali ta’sir ko‘rsatishda hissa qo‘shadi. Ocherk, intervyu, hikoyani ushbu janrlar qatoriga qo‘shish mumkin. Ayniqsa, qahramon nomidan uzatiladigan hikoya shakli ta’sir kuchiga ega. «O‘zbekiston» telekanali orqali efirga  uzatiladigan, mamlakatimizdagi turli sohalarda faoliyat olib boradigan ziyoli qatlam bilan birga, hunar egalari haqida ham hikoya qiluvchi   «Oddiy odamlar»11.05 turkum loyihasining navbatdagi sonlaridan biriga e’tiboringizni qaratamiz. Ko‘rsatuv Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida tug‘ilib, istiqomat qiluvchi, dehqonchilik  bilan shug‘ullanuvchi  Mayyor Safarovning o‘zi haqidagi hikoyasi bilan boshlanadi. Muqaddima, loyiha mazmuniga monand Buxoroi sharif kadrlari bilan boshlanadi va matnga mos kadrlar ketma-ketligi davom etadi. Hikoya davomida tomoshabinlar Safarovlar oilasi qanday qilib o‘rik danaklaridan sho‘rdanak yaratishlariga guvoh bo‘ladilar.  Musiqiy videoqator  hamrohligidagi qahramon hikoyasini  auditoriya  filmdek tomosha qilishga muvaffaq bo‘ladi. 
    Infosfera oqimi omma ongini shiddat bilan zabt etayotgan vaqtda qahramon obrazining ijobiy yoki salbiy jihatlari kengaydi. Shu asnoda ularni mutlaq ijobiy yoki salbiy qahramonga ajratish o‘rinli emas deb hisoblaymiz, chunki har bir inson, qaysi soha vakili bo‘lishidan qat’iy nazar hayoti davomida, ba’zan o‘zi bilib-bilmay yaxshilik va yomonlik, to‘g‘rilik va o‘g‘rilik chegarasida yurishi mumkinligi tabiiy. Muallifning  zamonaviy tendensiyalarni tahlil qilishiga tayanib, ko‘rsatuv qahramonlarini uch guruhga ajratish  mumkin:  
     Birinchisi – haqiqiy qahramonlar  (ishchi, ixtirochi, kurashchi tipidagi qahramonlar) guruhi, hatti-harakati va yashash tarzi bo‘yicha qahramon nomiga nomunosiblar (antiqahramonlar). Ya’ni: ojiz, baxtsiz, qashshoq va ba’zan ahloqida nuqsoni bor odamlar. 
Ikkinchi guruh – bir tomondan an’anaviy oila, jamoa, xalq, jamiyat, boshqa tomondan «chetdagi» odamlar: o‘z ixtiyori yoki taqdir taqozosi tufayli an’anaviy jamiyatni ongli ravishda yoki majburan tark etgan yolg‘iz, turli ijtimoiy guruhlarga aralashib qolgan shaxslar. 
Uchinchi guruh – arboblar, «yulduzlar», ijodkorlar,  hunarmandlar, xayolparastlar, ixtirochilar. 
   Televizion amaliyotchilar orasida o‘tkazilgan so‘rovnomalar shuni ko‘rsatyaptiki, muallif kontekstidagi eng og‘ir jarayon qayg‘uga duchor bo‘lgan va bu holatni yenga olmayotgan shaxslar bilan ishlashdir. Sevimli TV orqali efirga uzatilgan  «Zirapcha»19.05 realiti shousini misol tariqasida keltirish mumkin. Dasturda oiladagi nosog‘lom muhit tufayli hayot yo‘llarida adashgan, turli ojizliklarga (alkogolizm, ahloqsizlik va h.k.) berilgan, ammo qaytishga yo‘l topa olmayotgan, asosan o‘smir yoshidagi, ba’zan 30+ yoshdagi xotin-qizlar hayoti o‘z hikoyalari asosida ko‘rsatilib, mutaxassislar, shifokorlar, psixologlar ishtirokida, auditoriya guvohligida  ularni sog‘lom turmush tarziga qaytarish masalalari ko‘rib chiqiladi. Realiti shou 10 nafar, ba’zan ko‘proq ishtirokchilardan tashkil topgan bo‘lib, aynan shu qahramonlar uchun ko‘rsatuvning bir necha qismdan iborat mavsumi ajratiladi. Xotin-qizlarning oylar davomidagi tongdan tungacha bo‘lgan hayoti namoyish etiladi va tomoshabin, ayrim holatlarda so‘zida va hatti-harakatida o‘zidagi kamchiliklarni yenga olmayotgan ayollar turmushiga guvoh bo‘ladi.  
    Muallifning dunyoqarashi aynan  «muallif obrazida» mujassamlashadi. Bu hodisa barcha telemahsulotlarning  tarkibiy, kompozitsion va uslubiy vositalarini yaxlit tizimga birlashtiradi. Muallif – g‘oyaviy-estetik maqsadlaridan kelib chiqib,  o‘zi yaratayotgan ijod mahsuli o‘rtasida ma’lum masofani saqlab, unga yaqinlashishi yoki undan uzoqlashishi mumkin. Xuddi shunday, u teleasarida qahramonni unga yaqinlashtiradigan yoki aksincha, uzoqlashtiradigan xususiyatlarni ta’kidlashi mumkin. 
Biz bunda paradoks holatni ko‘rdik: muallifning pozitsiyasi mustahkamlanganda go‘yo u  chekinadi, ya’ni o‘z vazifasini qahramonga yo‘naltiradi. Bizning qarashlarimizcha, dastur qahramoni qancha serqirra va yorqin bo‘lsa, shunchalik muallifning qo‘llab-quvvatlashiga muhtoj bo‘lmaydi. Yillar davomida televideniye va radioda turli janrlarda samarali ijod qilib kelayotgan jurnalist Oybek Aliyevning «22 daqiqa» mualliflik ko‘rsatuvining navbatdagi sonlaridan birida' qahramon 22 daqiqa davomida tomoshabin bilan yuzlanadi.  Ko‘rsatuv bosh qahramoni sport sharhlovchisi Xayrulla Hamidov yillar davomida o‘z sohasida tajribaga ega jurnalistlardan biri bo‘lganligi sabab, muallif ko‘rsatuv muqaddimasidan boshlab o‘z pozitsiyasini qahramon misralaridan boshlaydi. Shuni ta’kidlash muhimki, bu holat hamisha ham sodir bo‘lmaydi. Qachonki, taqdim etilayotgan personaj serqirra, fikrlari rang-barang va ma’lum qobiliyat egasi bo‘lsagina auditoriya bunga guvoh bo‘ladi. 
     Ayrim holatlarda muallif pozitsiyasiga ko‘ra bosh qahramon uchinchi shaxs tilidan hikoya qilinadi. Bunday televizion yondashuv ham o‘ziga xosdir: qahramon haqida tomoshabinlarga hikoya qiluvchi muxbir vaqt nuqtai nazaridan erkin harakatlanadi, ya’ni goh xotiralarga beriladi, goh kelajakka boqadi... Bu holat,  tasvirga olish jarayoniga qadar qahramon fe’l-atvori va xususiyatlari  muallif tomonidan izchil o‘rganib chiqilgandagina ro‘y beradi. Bu kontekstda muallif rolidagi shaxslar yuqori darajadagi muloqot qobiliyatiga va chuqur bilimga ega bo‘lishlari lozim.  «O‘zbekiston» telekanali orqali efirga uzatilgan  «Navoiy olami»{10} nomli turkum dasturi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, ustoz jurnalist Eshqobil Shukurov muallifligida efirga uzatilgan. Alisher Navoiyga murojaat uchinchi shaxs tilidan hikoya qilinib, buyukligidan dalolat beruvchi ijodi qoshida o‘tmish ham, kelajak ham bosh egishi sharhlangan. 
     Qahramon obrazini yaratishning eng samarali vositasi so‘z, voqeani harakatga keltirish vositasi  bo‘lgan kadr  matn bilan  yoki so‘zsiz qismlarga bo‘lish orqali amalga oshiriladi va kontent translyatsiya jarayonida shaklini o‘zgartirishi orqali namoyon bo‘ladi, bu ketma-ket navbatma-navbat beriladigan, qat’iy o‘ylangan (vizual yoki audial) qator orqali ifodalanadi va retsipiyent diqqatini bir komponent (so‘z)dan boshqasi (tasvir)ga o‘tishiga majbur qiladigan sharoitlarni yaratadi, bu esa e’tiborning yuqori darajadagi konsentratsiyasini va ayni lahzadagi emotsiya ishtirokini ta’minlaydi. Bu holat ekrandagi nutq va harakatlar uyg‘unligini ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Uzreport TV telekanalining  «Navbatchilik qismi» nomli turkum ko‘rsatuvining  sonlaridan birida{11}  Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda tayyorlanayotgan loyiha tezkor tasvirlar orqali dalillarga tayanadi. Boshlovchi nutqidagi matnning «tozaligi», har bir so‘zning mazmunga mos ravishda durdek terilgani va ohang kadrlar bilan uyg‘unlikda tomoshabinda beixtiyor kontentga nisbatan ijobiy yoki salbiy his-tuyg‘ularni uyg‘otadi. 
     Xulosada ta’kidlamoqchimizki, televizion asarda inson obrazini muallif talqini orqali yaratish – telekanal formati, dastur yo‘nalishi, muallif shaxsi va personajning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda,  bir necha usullar bilan amalga oshiriladi. Bu holatda, ko‘rsatuv qahramonini o‘z qadrini biladigan shaxs yoki jamiyatning muhim bo‘lagi bo‘lgan ibratli inson qiyofasida ko‘rib chiqish mumkin. 

Foydalanilgan manbalar: 
1. Tertichniy A. Janri periodicheskoy pechati [Elektronniy resurs] //EVARTIST. URL: http://evartist.narod.ru/text2/06.htm#%D0%B7_01 (data obrasheniya: 04.01.2023).
2.  «Rossiya 24» telekanali efiri. «Vesti». 3.02.2021. 10.10
3. Rezanseva T.A. Dokumentalniy obraz sobitiya kak sredstv) o avtorskoy interpretatsii v televizionnoy jurnalistike//MЕDIAISSLЕDOVANIYA. 2016. – №3. – S.31.
4.  Transformatsiya – lot. transformation – qayta o‘zgarish, qayta hosil bo‘lish. 
5. Sit. po st.: Bazilova B.K. Avtorskaya konsepsiya portreta geroya i tip xudojestvennogo konstruirovaniya otnosheniy «avtor – geroy»// Mejdunarodniy jurnal eksperimentalnogo obrazovaniya. 2015. – № 5 (chast 1) – S. 98.
6.  «O‘zbekiston» telekanali efiri. “O‘zgacha hayot”. Muallif – Yunusova. N.  3.10.2022. 17:10.
7.  «O‘zbekiston» telekanali efiri. «Oddiy odamlar». Muallif – G‘ulomov  O‘.  30.08.2021. 17:00.
8.  Sevimli TV efiri. «Zirapcha» realiti shousi. Muallif – Rashidova A.  05.03.2019. 21:00.
9. Sevimli TV efiri. «22 daqiqa» ko‘rsatuvi. Muallif – Aliyev O. 11.05. 2022. 22:00.
10. «O‘zbekiston» telekanali efiri. «Navoiy olami» ko‘rsatuvi. Muallif – Shukurov  E.  2009-2019-yillar.
11. Uzreport TV telekanali efiri. «Navbatchilik qismi» ko‘rsatuvi. Muallif – Mirzamaxmudova D. 19.05. 2020. 22:00.










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:



Маълумот